TGViewer
Channel Public Channel
Mirzacho'l tumani deputatlar Kengashi

Mirzacho'l tumani deputatlar Kengashi

@mirzachuldeputatlari

Subscribers
121
Photos
9.3K
Videos
134
Links
2.1K
Recent Posts 7 shown
Post #10285 17
#ishreja_ijrosi
📊 DEPUTATLIK SO‘ROVLARI BO‘YICHA HAFTALIK REYTING

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashi deputatlarining 2026-yil 5–10-oktyabr kunlari davomida aholi murojaatlari va dolzarb masalalar yuzasidan chiqargan deputatlik so‘rovlari bo‘yicha haftalik reytingi.
🏆 Natijalar:
🥇 I.Xolmurzayev - 2 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan
🥈 N.Raximova - 1 ta deputat so'roviga javob berilgan
🥉 S.Usarova - 1 ta deputat so'roviga javob berilgan

📌 Deputatlar tomonidan aholi murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan jami 2 ta deputatlik so‘rovi chiqarilib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan. Shuningdek, 2 ta deputatlik so'viga javob berilgan.
Deputatlik so‘rovlari orqali muammolarni o‘rganish, ularning qonuniy yechimini ta’minlash va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi

https://t.me/mirzachuldeputatlari  


Web sayt
|📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram
Post #10283 14
#ishreja_ijrosi
📊 DEPUTATLAR FAOLIYATI BO'YICHA HAFTALIK REYTING

2026-yil 12–17-oktyabr kunlarida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati

🥇 I.XOLMURZAYEV — 11 ta
A.NAMOZOVA — 11 ta
🥈 Q.ABDUQODIROV — 8 ta
🥉 Z.FOZILOV — 6 ta
“Deputat faolligi — xalq manfaatlariga xizmat qilishning muhim mezoni

Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi

https://t.me/mirzachuldeputatlari  


Web sayt
|📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram
Post #10282 14
📌 XALQ DEPUTATLARI KENGASHI FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

🏛 Xalq deputatlari Kengashi faoliyati hududlarni rivojlantirish va aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
📍 Asosiy yo‘nalishlar:
🏗 Hududni rivojlantirish va infratuzilma.
💰 Mahalliy budjet va iqtisodiy taraqqiyot.
❤️ Ijtimoiy soha va aholi farovonligi.
🌿 Ekologiya va obodonlashtirish.
🤝 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash.
⚖️ Hokimlik faoliyati ustidan nazorat.
📋 Hududiy dasturlarni tasdiqlash va ijrosini nazorat qilish.
✅ Maqsad — aholi turmush farovonligini oshirish, hududlarni rivojlantirish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlash!
#XalqDeputatlari #KengashFaoliyati #DeputatlikNazorati #Mirzacho‘l

Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi

https://t.me/mirzachuldeputatlari  


Web sayt
|📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram
Post #10281 16
📌 DEPUTATLIK NAZORATI — QONUNLAR IJROSI VA AHOLI MANFAATLARI YO‘LIDA!

🏛 Deputatlik nazorati — xalq deputatlari Kengashi deputatlarining qonunlar, davlat dasturlari va qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan amalga oshiradigan muhim faoliyatidir.
🔎 Deputatlik nazorati qanday amalga oshiriladi?
📍 O‘rganish — hududlardagi mavjud holatni joyiga chiqib o‘rganish va fuqarolar bilan muloqot qilish.
📊 Monitoring va tahlil — olingan ma’lumotlarni tahlil qilish, muammolarni aniqlash.
🗣 Mas’ullardan axborot eshitish — tegishli tashkilot va mansabdor shaxslardan ma’lumot olish.
🏛 Sessiyada muhokama — aniqlangan masalalarni Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish.
✅ Nazorat va ijro — qabul qilingan qarorlar ijrosini kuzatish va natijalarni tahlil qilish.

Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi

https://t.me/mirzachuldeputatlari  


Web sayt
|📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram
Post #10276 13
#ishreja_komissiya_raisi_organishi
#19_1_modda
📍 MAHALLIY BUDJET MABLAG‘LARINI YO‘NALTIRISHGA OID QAROR LOYIHALARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyaning 24-bandi ijrosi doirasida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 Xalq deputatlari tuman Kengashi Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F. Qayumova tomonidan tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida tayyorlangan qaror loyihalari ko‘rib chiqildi.
📑 O‘rganish jarayonida mablag‘larni ajratish asoslari, ularning maqsadli yo‘naltirilishi hamda tegishli zaruriy hujjatlarning mavjudligiga alohida e’tibor qaratildi.

Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi

https://t.me/mirzachuldeputatlari  


Web sayt
|📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram
Post #10268 13
📄 Aholi murojaatlari yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

Aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Mirzadala okrugi deputati I.Xolmurzayev tomonidan Mirzadala MFY hududida “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida “MERIDIAN STROY MONTAJ” MCHJ tomonidan bajarilgan qurilish-ta’mirlash ishlarini mutaxassislar ishtirokida qayta o‘rganish va ularning sifatini texnik talablarga muvofiqligi yuzasidan baholash yuzasidan tuman hokimi o'rinbosariga deputat so‘rovi yuborildi.
Mazkur deputat so‘rovi Mirzadala MFY aholisi murojaatlari asosida tayyorlanib, hududda olib borilgan qurilish-ta'mirlash ishlari talab etilgan darajada amalga oshirilmaganligi yuzasidan qayta ko'rib chiqish masalasi ko‘tarildi.

Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi

https://t.me/mirzachuldeputatlari  


Web sayt
|📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram
Post #10258 12
#DeputatlikFaoliyati
#DeputatSo'rovi
📍 MIRZADALA MAHALLASIDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Mirzacho‘l tumani Kengashiga O‘zbekiston ASDP saylangan 9-Mirzadala okrugi deputati I.Xolmurzayev tomonidan Mirzadala mahallasida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati o‘rganildi.
🔎 Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida olib borilgan o‘rganishlar davomida piyodalar yo‘laklarini qurish ishlari talab darajasida bajarilmaganligi va ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
📝 O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qurilish-ta’mirlash ishlari sifatini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
✅ Maqsad — aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va mahallada amalga oshirilayotgan ishlar sifatini ta’minlash.

Mirzacho'l tuman deputatlar kengashi

https://t.me/mirzachuldeputatlari  


Web sayt
|📘facebook | ▶️youtube |📲telegram |📲instagram
Older posts →

About this channel

How can I read @mirzachuldeputatlari without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Mirzacho'l tumani deputatlar Kengashi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Mirzacho'l tumani deputatlar Kengashi have?
Mirzacho'l tumani deputatlar Kengashi (@mirzachuldeputatlari) has 121 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Mirzacho'l tumani deputatlar Kengashi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →