TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30340 3.12K
Rossiya Federatsiyadan avtobus qatnovlari orqali O‘zbekistonga qaytayotgan yo‘lovchilar diqqatiga!!!

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Moskva shahridan Toshkentga «Uzautotrans service» kompaniyasining avtobus qatnovlari orqali qaytish istagida bo‘lgan yo‘lovchilar firibgarlarning aldoviga uchrayotganligi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda.

Firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar hamda Youtube kanallarida juda faol tarzda «Uzautotrans service» kompaniyasi avtobuslarining foto va video tasvirlaridan foydalanib, qatnovlar to‘g‘risidagi e’lonlarni joylashtirmoqda.

Firibgarlar ular bilan aloqaga kirishgan yo‘lovchilarga ularni davlat tomonidan tashkil etilgan «Uzautotrans service» kompaniyasi avtobus qatnovlari orqali Toshkentga jo‘natishini aytishadi.

Tegishli reys uchun go‘yoki kassalarda chipta qolmaganligi va chiptalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlaridan xarid qilishlari lozimligini aytib, aslida belgilangan narxdan bir necha barobar qimmatga chipta taqdim etishadi. Eng achinarlisi bir necha barobar qimmatga chipta sotib olgan yo‘lovchilar noqonuniy faoliyat yurituvchi avtobuslarga chiqarib yuborilmoqda.


Bu kabi firibgarlar aldoviga duch kelmaslik uchun fuqarolarimizga quyidagilarni eslatib o‘tamiz.

«Uzautotrans Service» kompaniyasi Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan «Novoyasenevskaya» hamda «Kotelniki» avtostansiyasidan «Toshkent» avtovokzaliga qatnovlarni haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiradi.

Chiptalarni mazkur avtostansiyalarning kassalaridan, ularga tegishli mobil ilova va saytlar orqali onlayn tarzda xarid qilishingiz ham mumkin.

Doimiy qatnovlarda chipta narxi 8.500 rubl, shu kunning o‘zida tashkil etiladigan qo‘shimcha reyslarda esa 7.000 rubl etib belgilangan.

Hurmatli fuqarolar firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang.

Вниманию пассажиров, возвращающихся в Узбекистан автобусными рейсами из Российской Федерации!!!

В последнее время наблюдаются случаи, когда пассажиры, желающие вернуться из Москвы в Ташкент автобусными рейсами компании "Uzautotrans service", попадаются на уловки мошенников в социальных сетях.

Мошенники активно размещают объявления о рейсах в социальных сетях и на YouTube-каналах, используя фото- и видеоматериалы с автобусами компании "Uzautotrans service".

Входя в доверие к гражданам, злоумышленники обманывают пассажиров по следующей схеме. Вышедшим на связь пассажирам мошенники заявляют, что отправят их в Ташкент автобусными рейсами государственной компании "Uzautotrans service".

Утверждая, что билетов на соответствующий рейс в кассах якобы уже нет и их нужно приобретать напрямую у них, они продают билеты в несколько раз дороже установленной стоимости. Хуже всего то, что пассажиров, переплативших за билеты в несколько раз, сажают на нелегальные автобусы.


Чтобы не стать жертвами подобного обмана, напоминаем нашим гражданам о следующем.

Компания "Uzautotrans Service" выполняет рейсы с расположенных в Москве (Российская Федерация) автостанций "Новоясеневская" и "Котельники" до автовокзала "Ташкент" по понедельникам и четвергам.

Билеты также можно приобрести в кассах указанных автостанций либо в режиме онлайн — через соответствующие мобильные приложения и сайты.

Стоимость билета на регулярные рейсы установлена в размере 8 500 рублей, а на дополнительные рейсы, организуемые в этот же день, — 7 000 рублей.

Уважаемые граждане, не попадайтесь в ловушку мошенников!
More from @mintrans_uz
  1. Oct 9, 2026Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammiti kengaytirilgan tarkibda davom etdi. O‘zbekiston Re…
  2. Oct 9, 2026Davlatimiz rahbari MDH sammitining tor doiradagi yig‘ilishida so‘zga chiqdi. — Глава нашег…
  3. Oct 9, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi…
  4. Oct 9, 2026O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning “Avaza” milliy say…
  5. Oct 9, 2026“Qog‘ozsiz bir kun” — ekologik madaniyatni rivojlantirish va raqamli kelajak sari muhim qa…
  6. Oct 9, 2026Post #30322
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →