TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30214 1.35K
«Road Show»davomida 200 dan ortiq mahalliy korxona vakillari bilan B2B formatidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Yangi Toshkent xalqaro aeroportining qurilish hajmlaridan kelib chiqib, mazkur loyihani amalga oshirish jarayonida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar va subpudratchi tashkilotlarning ishtirokini kengaytirish, ularning xalqaro pudratchilar bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

200 dan ortiq mahalliy korxona vakillari ishtirok etayotgan «Road Show»da loyiha, uning texnik xususiyatlari, qurilish ishlarining hajmi, xarid qilinadigan mahsulot va xizmatlar turlari hamda pudrat ishlariga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etilmoqda.

Tadbir davomida mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlari, texnik imkoniyatlari va tajribasini o‘rganish, ularning takliflarini eshitish, qiziqish bildirgan tashkilotlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilgan.

Bu esa mahalliy korxonalarning yirik xalqaro loyihalarda ishtirok etishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishi, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishi va raqobatbardoshligini oshirishi uchun muhim imkoniyat hisoblanadi.

В ходе "Road Show" состоялись переговоры в формате B2B с представителями более 200 местных предприятий

Исходя из объемов строительства международного аэропорта "Новый Ташкент", в процессе реализации данного проекта особое внимание уделяется расширению участия местных производителей, поставщиков и субподрядных организаций, а также налаживанию их взаимовыгодного сотрудничества с международными подрядчиками.

На "Road Show", в котором принимают участие представители более 200 местных предприятий, предоставляется подробная информация о проекте, его технических характеристиках, объемах строительных работ, видах закупаемых товаров и услуг, а также требованиях, предъявляемых к подрядным работам.

В ходе мероприятия планируется изучить производственные мощности, технические возможности и опыт местных предприятий, выслушать их предложения, провести прямые переговоры с заинтересованными организациями и определить перспективные направления сотрудничества.

Это, в свою очередь, является важной возможностью для местных предприятий принять участие в крупных международных проектах, создать новые производственные мощности, освоить современные технологии и повысить свою конкурентоспособность.
More from @mintrans_uz
  1. Oct 4, 2026Ахборот 24 | «Road show» по привлечению местных субподрядчиков к строительству нового Ташк…
  2. Oct 4, 2026Axborot 24 | Yangi Toshkent xalqaro aeroporti qurilishi uchun mahalliy subpudratchilarni j…
  3. Oct 3, 2026“Yangi Toshkent xalqaro aeroporti” loyihasiga mahalliy korxonalarni jalb etish bo‘yicha “R…
  4. Oct 3, 2026Road Show — mahalliy ishlab chiqaruvchilarni yirik xalqaro buyurtmachilar bilan bevosita b…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →