TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #22333 2.18K
Avtomobil transportida yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘yicha Moldova bilan kelishuv imzolandi

Kishinyov shahrida avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Moldova qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Moldova transport va yo‘l infratuzilma vazirligi vakillari bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari sohasini rivojlantirish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish masalasini muhokama etishdi.

Uchrashuvda avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha amaldagi kelishuvlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha bayonnoma imzolandi. Unga ko‘ra 2026-yil boshidan Moldova bilan ikki tomonlama/tranzit yuk tashuvlarida ruxsatnomasiz tizimga o‘tish ko‘zda tutilgan.

Mazkur kelishuv avtomobil transportida Yevropa yo‘nalishida yuk tashuvlarini rivojlantirishda milliy tashuvchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratib, tashqi iqtisodiy aloqalar rivoji va eksport zanjiri barqarorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi.


Подписано соглашение с Молдовой о развитии грузовых автомобильных перевозок

В Кишиневе состоялось заседание совместной узбекско-молдавской комиссии по вопросам автомобильных перевозок.

На заседании делегация Министерства транспорта Республики Узбекистан обсудила с представителями Министерства транспорта и дорожной инфраструктуры Молдовы вопросы развития сферы международных грузоперевозок автомобильным транспортом, создания дополнительных удобств для национальных перевозчиков в этом процессе.

На встрече подписан протокол о внесении изменений в действующие соглашения по вопросам международных грузовых перевозок автомобильным транспортом. Согласно ему, с начала 2026 года предусматривается переход на безразрешительную систему двусторонних и транзитных грузоперевозок с Молдовой.

Данное соглашение создаст дополнительные удобства для национальных перевозчиков в развитии грузоперевозок автомобильным транспортом в европейском направлении и внесет весомый вклад в развитие внешнеэкономических связей и обеспечение стабильности экспортной цепочки.
More from @mintrans_uz
  1. Sep 21, 202622-sentabr — "Xalqaro avtomobilsiz kun" Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Tr…
  2. Sep 21, 2026Prezident Shavkat Mirziyoyev transport-logistika sohasidagi yirik loyihalarning borishi yu…
  3. Sep 21, 2026🚅 Temir yo‘l va metropoliten mashinistlari uchun tegishli guvohnomalarni berishning yangi…
  4. Sep 21, 2026🚍 Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari diqqatiga O‘zbekis…
  5. Sep 21, 2026BU KUN | Jamoat transportini tekin deb o‘ylaganlarga qarshi nazorat Jamoat transportida ha…
  6. Sep 21, 2026#MATBUOT_ANJUMANI Ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar diqqatiga O‘zbekist…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →