TGViewer
MEZON MEZON @mezon_mt · 31 subscribers
Post #34 29
Alloh taolo makonga muhtoj emas

Alloh taolo Mulk surasida shunday marhamat qiladi:
«Osmondagi Zot sizlarni iztirobda harakatlanib turgan yerga yuttirib yuborishidan omonda bo‘ldingizmi?» (Mulk surasi, 16-oyat).
«Osmondagi Zot»dan murod Alloh taolo, lekin bu «Alloh taolo osmonda» degani emas. Chunki Alloh taolo makonga muhtoj emasdir. U makon va zamondan ustun Zotdir. Ahli sunna va jamoa e’tiqodiga binoan, «Alloh taolo yerda yoki osmonda» deyilishiga sabab, Uning xohishi va hukmi yeru osmonga barobar o‘tishi va Uning g‘olib ekanidir.
Azob faqat yer yutishi bilan emas, balki boshqa narsalar bilan ham bo‘ladi. Bunga kelgusi oyatlar dalildir.
«Yoki osmondagi Zot sizlarga toshli bo‘ron yuborishidan omonda bo‘ldingizmi? Bas, albatta, ogohlantirish qanday bo‘lishini bilasizlar». (Mulk surasi, 17-oyat).
Bu oyatda Alloh taolo bandalarga O‘zining azobini, misol uchun, xuddi Lut, Od qavmiga yuborgandek, xohlasa, mayda toshlarni uchirib keluvchi shiddatli azob shamolini yuborishi mumkinligini eslatyapti. Agar shunday qilsa, hech kim qochib, qutula olmaydi. Shuning uchun kelgusi oyatda ham avval yashab o‘tgan noshukr qavmlarga qilingan muomalani eslatmoqda:
«Va darhaqiqat, ulardan avvalgilar ham yolg‘onga chiqargan edilar. Bas, inkorim qanday bo‘ldi?!» (Mulk surasi, 18-oyat).
Ya’ni avvalgi o‘tgan qavmlar ham o‘z payg‘ambarlarini «yolg‘onchi» deb tuhmat qilishgan edi. Lekin Alloh taolo buni inkor etdi va barcha gunohkorlarni turli azoblarga duchor qildi.
Alloh taolo bandalari e’tiborini O‘z qudratiga jalb qilish uchun qushning yaratilishi haqida o‘ylashga chorlaydi.
«Ustilarida qanot yoyib va yig‘ib (uchayotgan) qushlarni ko‘rmadilarmi? Ularni Rohmandan boshqa ushlab turgani yo‘q. Albatta, U barcha narsani ko‘rib turuvchidir». (Mulk surasi, 19-oyat).
Boshqa maxluqotlar qatori, qush ham Alloh taolo qudratining yorqin dalilidir. Uning boshqa jonzotlardan farq qilib, cheksiz osmonda soatlab uchishining o‘ziyoq alohida mo‘jiza. Shuning uchun ham oyatda qushning uchishiga e’tibor tortilmoqda.


Mubashshir Mahkamov,
Namangan shahar «Bahouddin Naqshbandiy» jome masjidi imom-noibi

🌐 TAHDID ijtimoiy tarmoqlarda:
💬 Telegram | 📸 Instagram | ▶️ YouTube
More from @mezon_mt
  1. Oct 10, 2026🎬 NOQONUNIY DINIY TA’LIM XAVFI ⚠️ Yashirin hujralarda berilayotgan noqonuniy diniy ta’lim…
  2. Oct 10, 2026🎬 HUJRA ORTIDAGI HAQIQAT Yopiq hujralar ortida nimalar sodir bo‘lmoqda? Noqonuniy diniy t…
  3. Oct 10, 2026Ochiqlik imkoniyatlaridan jinoiy maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi ——— Очиқлик им…
  4. Oct 10, 2026МИССИОНЕРЛИК ХАТАРИГА ҚАРШИ МАЪРИФИЙ РАДДИЯ Охирги йилларда жамиятда турли ақидавий оқимла…
  5. Oct 9, 2026⚖️ ТАҚИҚЛАНГАН МАТЕРИАЛЛАРНИ САҚЛАШ ВА ТАРҚАТИШ УЧУН ҚАНДАЙ ЖАВОБГАРЛИК БОР? Ўзбекистон Ре…
  6. Oct 9, 2026⚠️ НОҚОНУНИЙ УМРА ХИЗМАТЛАРИДАН ОГОҲ БЎЛИНГ! Муқаддас Умра зиёратини адо этиш истагидан фо…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →