MentorGO va GrantGO loyihalarida birga ishlash uchun shogirdlik e'loni
Ancha uzoq tanaffusdan keyin "Effort Team" jamoasini kengaytirish va loyihalardagi jarayonlarni jiddiy tarzda tezlashtirish maqsadida MentorGO loyihasiga mentorlar va mentorlik kurslari menejer-kordinatorligiga shogird izlayapman.
Oldindan ogohlantiraman — bu vaqtinchalik volontyorlik yoki CVga qo'shib qo'yish uchun chiroyli ko'rinadigan amaliyot dasturi emas, kelajakdagi rejalari shu sohada bo'lgan, ishga jiddiy va mustaqil yondosha oladiganlar uchun biz bilan yonma-yon ishlash imkoniyati.
Aynan kimni izlayapman
— Loyihadagi vazifalarga talabalik vaqtidagi bir martalik kurs ishidek emas, loyiha uchun uzoq mudatli ahamiyatga ega qadamlardek qaray oladigan
— Mas’uliyatli, barqaror ishlaydigan va ishni oxirigacha olib bora oladigan
— GrantGO va MentorGO loyihalarini kuzatib kelayotgan, u yerdagi bo'layotgan ishlardan qisman xabardor va o'zi ham shu sohaga aloqador va qandaydir shaxsiy (blog, mentorlik, kurslar) yoki professional loyihalarda qatnashgan
— Loyihalardagi ayni paytdagi holat, asosiy prioritetlar va muammolarni minimal tushuntirish bilan mustaqil tahlil qilib ular atrofida reja tuzish va shu rejani amalga oshirishga qodir, menejerlik salohiyatiga ega
— AI va boshqa zamonaviy texnologik vositalardan faqat savol-javob uchun emas, balki brainstorming, rejalashtirish va samaradorlikni oshirish uchun foydalana oladigan va u yerda balansni ushlay oladigan
— O'z fikrlarini yozma va og'zaki ravon yetkaza oladigan, o'zbek tilida bexato yoza oladigan. Kopirayting yoki toza blog yuritish bo'yicha tajribaga ega
— Turli g'oya, tushuncha va ish jarayonlarini boshqalarga taqdimot qilib tushuntirib bera oladigan
— Yangi texnologiyalar, CRM va admin panellarida ishlab ko'rgan yoki ularni tez o'rganib keta oladigan
— Yuqoridagilar bo'yicha rasmiy tajriba shart emas. Umuman rasmiy tajriba talab qilinmaydi. Faqatgina shunday nomzod ekaningizni saralashda ko'rsatib bera olsangiz bo'ldi
Asosiy vazifalar
— Loyiha uchun mentorlarni topish, saralash, ular bilan muloqot olib borish va MentorGO loyihasiga jalb qilish. Ularni to'liq jarayon davomida qo'llab-quvvatlashga tayyor bo'lish
— Mentorlarga loyiha g'oyasi, missiyasi va mentorlar uchun nima bera olishi hamda shartlarini yetkaza olish
— Platformadan foydalanish bo'yicha taqdimot, yo‘riqnoma, tutorial va boshqa materiallarni tayyorlash
— Profil, xizmat va kurslarni platformaga joylashtirishda mentorlarga yordam berish
— Yaqinlashayotgan grantlarni tahlil qilib tashkil qilinishi mumkin bo'lgan mentorlik kurslari rejasini tayyorlash
— Mentorlar bilan ovozli chatlar, masterklasslar tashkil qilish va kurs tashkiliy ishlarida yordamlashish
— Mentorlarning savollariga javob berish, texnik muammolarini hal qilish va platformadan qoniqishini kuzatib borish
— Ushbu yo‘nalishni yaxshilash bo‘yicha yangi tashabbuslar taklif qilish
Boshlanishiga nimalar taklif qila olaman
Dastlabki 2–3 oy davomida:
— Haftasiga o‘rtacha 12–15 soat oladigan masofaviy va moslashuvchan jadvalli ish
— Shaxsan o'zim bilan haftasiga taxminan 2 soatlik loyihadagi vazifalar bo'yicha professional mentorlik
— Grantlar, xorijda ta’lim, jamoa boshqaruvi, startup va texnologiyalar bo‘yicha tajribamni bo‘lishish
— O'zim tashkil qilgan mentorlik kurslaridan to'liq bepul foydalana olish va bu bo'yicha mendan maslahatlar olish imkoniyati
— Oz bo'lsada, shaxsiy xarajarlarni qoplashga yetadigan stabil oylik va qo'shimchasiga natijalarga qarab bonuslar
— Bevosita boshqarilgan kurs va masterklasslardan MentorGO oladigan sof daromadning 10% miqdorida bonus
— Natijaga qarab yangi yildan vazifalar va maosh oshirilish imkoniyati
Agar yuqoridagilar sizga mos va qiziq tuyilgan bo'lsa, albatta ro'yxatdan o'ting yoki mos deb bilgan odamingizga yuboring qo'ying
▶️ https://forms.gle/FUbFQ5pps8f7p9hW7
#vakansiya #EffortTeam #MentorGO #GrantGO
@Musayev_blogi
Post #163
2.22K
Forwarded from Musayev blogi
- ❤ 13
- 🔥 2