Men dunyoning bir chetidagi kichik orolchaga kelib qolishimga sabab bo'lgan Irlandiya hukumati grantiga (GOI-IES Scholarship) qabul ochildi.
Grant dedlayni 12-mart bo'lgani bilan unga topshirish uchun avval Irlandiya universitetlari kamida biridan qabul xati olish kerak bo'ladi. Uning uchun esa harakatni hozirdan kechiktirmay boshlash shart!
Irlandiyada o'qishga qiziqqanlar va grantga topshirmoqchi bo'lganlar uchun GOI-IES 2026 mentorlik kursimga qabul e'lon qilmoqchiman. Vaqt va imkoniyatimdan kelib chiqib kursga faqat 8 ta o'quvchi qabul qilaman. Va ular quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Kurs kim uchun (talablar)
➡️ Irlandiyada magistratura o'qishga astoydil qiziqish (bakalavrlarga berilmaydi)
➡️ Irlandiya universitetlariga topshirishda application fee uchun €50-100 atrofida sarflashga tayyor bo'lishi (kurs narxidan tashqari)
➡️ 1-fevralgacha Irlandiya universitetlaridan kamida biriga hujjat topshirishga ulgurish
➡️ Quyidagi grant haqidagi tanishuv videosi bilan tanishib chiqish
Kurs tarkibi
➡️ GOI-IES granti bo'yicha onlayn videodarslar
➡️ Magistratura grantlari uchun "Universal Mentorlik Kursi" darslari
➡️ Hujjatlarni tekshirib berish uchun 2 ta individual sessiya
Kurs narxi 999,000 so'm. Ikkiga bo'lib to'lash mumkin
Grant bilan tanishuv videosi
😎 https://youtu.be/AxHyCjNliVw
Murojaat uchun
👉️️️️️️ @mentorgo_sarvinoz
🎓 Mentor Qudratxo'ja Musayev — Irlandiya Hukumati granti g'olibi, @Musayev_blogi muallifi, GrantGO va MentorGO loyihalari ham-asoschisi
#GOI_IES #Irlandiya #Magistratura
💼 MentorGO| GrantGO | EventGO