TGViewer
TSUL_box|Info, Photo, Video, Files TSUL_box|Info, Photo, Video, Files @mediatsul · 4.46K subscribers
Post #1902 1.39K
TDYUning 300 nafardan ortiq talabasi prokuratura organlarida dual ta’limni boshladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va ilm-fanni yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetida tajriba tariqasida bo‘lajak yuristlarni nafaqat chuqur nazariy bilimga, balki huquqni qo‘llash bo‘yicha mustahkam amaliy ko‘nikmalarga ega mutaxassislar sifatida tayyorlashga qaratilgan amaliy o‘qitish, klinik va dual ta’lim tamoyillari joriy etilmoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, 2–4-bosqich talabalari uchun yuridik ta’lim dasturlarining 50 foizi universitet auditoriyalarida nazariy mashg‘ulotlar, 50 foizi sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirliklar va sohaga oid boshqa tashkilotlarda amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etiladi.

Ushbu vazifalar doirasida universitetning 3-4-bosqichlarida tahsil olayotgan 300 nafardan ortiq talaba Toshkent shahar prokuraturasi hamda poytaxt tumanlari prokuraturalariga dual ta’lim asosida biriktirildi.

Talabalarning amaliy ta’lim jarayonini samarali tashkil etish maqsadida prokuratura organlari mutaxassislari tomonidan xizmat va mehnat intizomiga rioya etish, ichki tartib-qoidalar asosida faoliyat olib borish, amaliy mashg‘ulotlarni o‘tash tartibi, kasbiy etika qoidalariga amal qilish, xizmatga oid ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash hamda topshiriq va xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Dual ta’lim davomida talabalar prokuratura organlarining asosiy faoliyat yo‘nalishlari, prokuror nazoratini amalga oshirish mexanizmlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, qonuniylikni ta’minlash hamda amaliyotda uchraydigan huquqiy masalalarni tahlil qilish va hal etish jarayonlari bilan yaqindan tanishadi.

Mazkur tizim talabalar uchun nazariy bilimlarni real huquqiy vaziyatlarda qo‘llash, hujjatlar bilan ishlash, huquqiy tahlil o‘tkazish, asoslantirilgan xulosalar tayyorlash hamda amaliy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi.

TDYU va prokuratura organlari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan ushbu hamkorlik ta’lim bilan amaliyot o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlash, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda zamonaviy talablarga javob beradigan, yuqori malakali va amaliy ko‘nikmalarga ega yuridik kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.
More from @mediatsul
  1. Sep 23, 2026В ТГЮУ состоится встреча «Ректор и молодежь» для студентов 1-го курса В Ташкентском госуда…
  2. Sep 23, 2026TDYUda 1-bosqich talabalari uchun “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etiladi Toshkent…
  3. Sep 23, 2026Новый этап правового сотрудничества ТГЮУ и Турции: выдвинуты четыре важные инициативы Деле…
  4. Sep 23, 2026TDYU–Turkiya huquqiy hamkorligida yangi bosqich: to‘rtta muhim tashabbus ilgari surildi Tu…
  5. Sep 23, 2026Стартовал сезон Олимпиады пяти инициатив 2026 года Начинается сезон республиканских соревн…
  6. Sep 23, 2026“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2026-yilgi mavsumiga start berildi! Oliy ta’lim muassasal…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →