KHISO jamoasining ajralmas a’zosi, maktabimizning yetakchi ustozlaridan biri Davrbek Oltiboyevni Italiyaga kuzatib qo‘ydik! U ICTP markazida 3 oy davomida tahsil oladi.
🏆 Davrbek ustozning bugungacha bosib o‘tgan yo‘li ham faxrlanishga arziydi:
🥈 2014-yilda Janubiy Koreyada va 2021-yilda Bolgariyada o‘tkazilgan IMC olimpiadalarining kumush medal sovrindori;
🥇 2018-yilgi Respublika fan olimpiadasi g‘olibi;
🎓 Mirzo Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi (2022) va Prezident stipendiyasi (2024) sohibi;
📚 «Matematikadan olimpiada testlari», «Mantiqiy matematika–2» va «Mantiqiy matematika–3» kitoblari muallifi;
👨🏫 2022–2026-o‘quv yillarida 100 ga yaqin o‘quvchisi Prezident, Al-Xorazmiy, Al Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan!
😊 Aeroportda ham suhbatimiz ilm, darslar va olimpiadalar haqida bo‘ldi. Davrbek Italiyadan turib KHISO olimpiadalari uchun savollar va video yechimlar tayyorlashda davom etadi. Uch oydan keyin esa yangi bilim va tajribalar bilan KHISO maktabidagi darslariga qaytadi!
🏆 Uning sizga ham chaqirig‘i bor: olimpiadalarda qatnashing, bilimingizni sinang va katta maqsadlar sari intiling!
🤍 Oq yo‘l, Davrbek! Ilming yanada ziyoda bo‘lsin. Seni kutamiz!
🏫 KHISO maktabiga qabul davom etmoqda! Farzandingiz o‘z yutuqlari va shogirdlari natijalari bilan o‘rnak bo‘layotgan ustozlardan ta’lim olsin!
📚 Qabul va ta’lim jarayoni haqida batafsil ma’lumot olishni istaysizmi?
Quyidagi havola orqali ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Mas’ullarimiz siz bilan bog‘lanib, savollaringizga javob berishadi.
📝 Ma’lumot olish uchun shaklni to‘ldiring
📌 LOKATSIYA ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI