TGViewer
MATH MENTOR | DAVRBEK MATH MENTOR | DAVRBEK @math_mentor · 2.11K subscribers
Post #1816 1.41K

Forwarded from Sardor Bazarbaev

O‘quvchilar va ota-onalar uchun ajoyib yangilik!

Endilikda 3–4-sinflar uchun KHISO olimpiadasi savollarini Prezident maktabi, Al-Xorazmiy maktabi va boshqa ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari savollariga yanada yaqinlashtiramiz.

Bu borada shogirdim, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilarni tayyorlash bo‘yicha kuchli mutaxassis Abrorjon Farmonov bilan hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqyapmiz.

Abrorjon shu kungacha KHISO olimpiadasi savollarining video-yechimlarini tayyorlab kelayotgan edi. Endilikda esa aynan 3–4-sinflar uchun olimpiada testlarini tuzishda ham bevosita ishtirok etadi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — KHISO olimpiadasi natijalari orqali farzandingizning Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlariga tayyorgarlik darajasini oldindan obyektiv baholash imkonini yaratish.

Olimpiada natijalaridan o‘quvchi qaysi mavzularda kuchli ekanini, qaysi yo‘nalishlarda esa hali ishlashi kerakligini ko‘rib borish mumkin. Eng muhimi, kamchiliklar imtihon oldidan emas, oldindan aniqlanadi va ularni bartaraf etish uchun vaqt bo‘ladi.

Shu sababli ota-onalarga farzandlarini KHISO olimpiadalarida muntazam qatnashtirib borishni tavsiya qilaman.

⚡️ Navbatdagi KHISO olimpiadasi — 20-sentyabr kuni!

🇬🇧 Shu kuni TeenEagle Math Competition xalqaro olimpiadasining saralash bosqichi ham bo‘lib o‘tadi. Ikki olimpiada bir kunda, ketma-ket tashkil etiladi.

📌 Batafsil: ➡️ https://t.me/khiso/6084

Olimpiadalarga oldindan ro‘yxatdan o‘ting!
  • 🔥 8
More from @math_mentor
  1. Oct 6, 2026📣 Diqqat 2-yangilik🔥 Bir necha kun oldin: maqsad faqat biror imtihonga tayyorlanish emas…
  2. Oct 6, 2026Assalomu alaykum, yaxshimisizlar 👋 1-yangilikni aytdik 🙂 • Endi 2-yangilikni kutayotganl…
  3. Oct 5, 2026Bir kunda yopiq kanalga 100+ o‘quvchi qo‘shilibdi 🔥 Diagnostik testni ham berdik. Hozir b…
  4. Oct 4, 2026MATH MENTOR | DAVRBEK pinned «📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixt…
  5. Oct 4, 2026📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga m…
  6. Oct 3, 2026Post #1824
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →