Dilafruz Durmatova — 20 yillik pedagogik tajribaga ega ustoz. Faoliyatining 17 yilini abituriyentlarni tibbiyot oliygohlariga tayyorlashga bag‘ishlagan. Keyinchalik farzandlarining ixtisoslashtirilgan maktabga tayyorgarligi sabab bu tizimni chuqur o‘rganib, o‘z tajribasini shu yo‘nalishda ham davom ettirgan.
Bugun esa natijalar uning mehnatini o‘zi gapirib turibdi:
📌 2024-yilda — 14 nafar o‘quvchi
📌 2025-yilda — 12 nafar o‘quvchi
📌 2026-yilda — 21 nafar o‘quvchi
ixtisoslashtirilgan maktablarga muvaffaqiyatli qabul qilingan.
Ular orasida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Shayxontohur, Olmazor, Sergeli, Zangiota ixtisoslashtirilgan maktablari hamda Abu Ali ibn Sino ixtisoslashtirilgan maktabining Chinoz filialiga kirgan o‘quvchilar bor.
2026-yildagi eng katta natijalardan biri esa alohida e’tirofga loyiq:
Al Beruniy xalqaro maktabining Tabiiy yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun respublika bo‘yicha ajratilgan 15 ta o‘rindan 6 tasini Dilafruz ustoz jamoasi tayyorlagan o‘quvchilar egalladi.
Bu — har 5 o‘rindan 2 tasi degani.
Yana bir e’tiborli jihat: Dilafruz ustozni aynan shu yo‘nalishga kirib kelishga undagan o‘z qizlari ham bugun yuqori natijalarga erishgan. Ulardan biri Al Beruniy xalqaro maktabining 9-sinfiga, ikkinchisi esa Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinfiga qabul qilingan.
Bu yerda gap shunchaki dars o‘tish haqida emas. Gap — tizimli tayyorgarlik, ko‘p yillik pedagogik tajriba va real natija haqida.
Farzandingizni ham ixtisoslashtirilgan maktablarga puxta tayyorlashni istasangiz, Dilafruz ustoz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
📩 Murojaat uchun: @dilafruz_ustozdan
🔗 Telegram: https://t.me/dilafruz_1829
Post #1813
1.94K
Forwarded from Dr_Durmatova

- ❤ 9
- 🔥 2
- 👍 1