❗️ Xulosa qilib aytganda...
O‘quvchilar, yuqoridagi postlarda sizlarga bitta narsani tushuntirishga harakat qildim: hali hech narsa tugagani yo‘q va kelajagingiz o‘z qo‘lingizda.
💜 TOP universitetlarga kirish yo‘lini bilganimcha sodda qilib tushuntirdim. Menimcha, endi ko‘z oldingizda hech bo‘lmasa aniq bir yo‘nalish paydo bo‘ldi.
➡️ Bu uddalab bo‘lmaydigan ish emas. Hozirgi kunda juda ko‘p o‘zbekistonlik o‘quvchilar kuchli universitetlarga kiryapti. Bir necha yil oldin “voooy, daxshat”dek ko‘ringan narsa, sekin-sekin odatiy holga aylanib boryapti))
💜 Shuning uchun hozir harakatni boshlanglar. Yuqorida yozganlarim to‘liq yo‘l xaritasi bo‘lmasligi mumkin, lekin izlanishni boshlasangiz, qolganini yo‘l davomida o‘rganib borasizlar.
➡️ Portfolio, research, grant va application bo‘yicha yordam beradigan jamoalar ham ko‘p. Pulliklari ham bor, beminnat yordam beradiganlari ham.
💜 Lekin bu albatta kimdandir pullik yordam olishingiz kerak degani emas. O‘zingiz ham bemalol qila olasizlar. Muhimi — to‘g‘ri reja, to‘g‘ri yo‘nalish, yaxshi ustozlar va kerakli insonlarni uchratish. Avvalo o‘zingiz izlanib, imkoniyatlaringizni to‘g‘ri ishlatishni o‘rganinglar.
❗️ Faqat bitta narsani unutmanglar: hech qachon natija yoki faoliyatingizni soxtalashtirmanglar.
➡️ Fundamentni hozirdan to‘g‘ri qursangiz, keyin ancha oson bo‘ladi.
☝️ Agar kimdadir qo‘shimcha fikr, tajriba yoki foydali tavsiya bo‘lsa, bemalol yozib qoldiringlar.
➡️ Gapning indallosi, Al-Beruniy maktabiga kira olmagan o‘quvchilarimizni shunchaki tashlab qo‘ygim kelmadi. Yuqoridagi 3 ta post — aynan sizlarga maslahatlarim!
Kayfiyatni tushirmanglar, oldinda hali juda ko‘p imkoniyat bor. Balki bir necha yildan keyin shu postlarni kulib eslarsizlar 😄
Agar shu yergacha o‘qigan bo‘lsangiz va shuncha yozganlarim foydali bo‘lgan bo‘lsa, reaksiya va fikrlaringizni ayamanglar 😊
Thank you for your attention!
💬Telegram: @math_mentor
Post #1795
1.75K
MATH MENTOR | DAVRBEK ❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 3-qism 1️⃣ 11-sinf — universitetlarga hujjat topshiriladigan yil. Lekin tayyorgarlikni 11-sinf boshlangandan keyin emas, 10-sinfning oxiri va yozidan boshlash kerak. ➡️ AQSh universitetlari uchun umumiy ariza…
- 🔥 46
- ❤ 9
- ⚡ 8
- 👍 3
- 🤩 1