❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 3-qism
1️⃣ 11-sinf — universitetlarga hujjat topshiriladigan yil.
Lekin tayyorgarlikni 11-sinf boshlangandan keyin emas, 10-sinfning oxiri va yozidan boshlash kerak.
➡️ AQSh universitetlari uchun umumiy ariza topshirish tizimi odatda 1-avgustdan ochiladi. Erta topshirish muddatlari ko‘pincha noyabr boshida, oddiy topshirish muddatlari esa yanvar boshida bo‘ladi.
➡️ Angliyada jarayon yanada ertaroq boshlanadi: Oxford va Cambridge kabi universitetlarga hujjatlar odatda 15-oktabrgacha topshiriladi. Aniq sanalarni esa har yili universitetlarning rasmiy saytlaridan tekshirib borish kerak.
2️⃣ Universitetni faqat nomi yoki reytingiga qarab tanlamanglar.
10-sinf oxiriga kelib quyidagilar aniq bo‘lishi kerak:
— qaysi davlatda o‘qimoqchisiz;
— qaysi yo‘nalishga topshirasiz;
— universitet sizning maktab hujjatingizni qabul qiladimi;
— IELTS, SAT yoki boshqa qanday talablar bor;
— grant va moliyaviy yordam beradimi.
Faqat 3–4 ta mashhur universitetga yopishib qolmasdan, ro‘yxatni juda kuchli, real va kirish imkoniyati nisbatan yuqoriroq universitetlardan tuzgan ma’qul.
3️⃣ 11-sinfda chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni hozirdan hal qilinglar.
Ko‘pchilik 11-sinfga kelib bir paytning o‘zida IELTS/SAT topshirish, universitet qidirish, essay yozish, tavsiyanoma va grant hujjatlarini tayyorlashga tushadi. Natijada vaqt qisib, hamma ish shoshma-shosharlik bilan bajariladi.
Shuning uchun 10-sinf oxirigacha:
— IELTS va SAT natijangiz hamda amal qilish muddatini tekshirib qo‘yinglar;
— yo‘nalishingiz va taxminiy universitetlar ro‘yxatini aniqlanglar;
— loyiha, olimpiada va boshqa yutuqlaringizni tartibli saqlab boringlar;
— sizni yaxshi biladigan ustozlar bilan yaxshi akademik aloqa o‘rnatinglar;
— grant kerak bo‘lsa, oilangiz bilan moliyaviy imkoniyat va kerakli hujjatlarni oldindan muhokama qilinglar.
Xullas, 10-sinf yoziga kelib akademik natijalar, portfolio va asosiy yo‘nalish deyarli tayyor bo‘lishi kerak.
💜 Qisqacha:
1. 9-sinf — poydevor va yo‘nalish.
2. 10-sinf — portfolio va real natija.
3. 11-sinf — universitet tanlash, essay, tavsiyanoma, grant va application.
❗️ Al-Beruniy maktabiga kira olmaganingiz yo‘l tugadi degani emas.
Shunchaki endi o‘z yo‘lingizni o‘zingiz aniq reja bilan qurishingiz kerak🔥
💬Telegram: @math_mentor
Post #1794
1.41K
MATH MENTOR | DAVRBEK ❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 2-qism 1️⃣ 10-sinfni kuchli portfolio quradigan yil qilinglar. 9-sinfda kelajakdagi yo‘nalishingizni aniqlagan bo‘lsangiz, 10-sinfda shu yo‘nalish bo‘yicha jiddiy va ko‘rinadigan natija qilishga harakat qilinglar.…
- 🔥 26
- ⚡ 5
- ❤ 5