1️⃣ 10-sinfni kuchli portfolio quradigan yil qilinglar.
9-sinfda kelajakdagi yo‘nalishingizni aniqlagan bo‘lsangiz, 10-sinfda shu yo‘nalish bo‘yicha jiddiy va ko‘rinadigan natija qilishga harakat qilinglar.
IELTS va SAT olishni ham ortiqcha cho‘zib yubormanglar. Kerakli natijani olgandan keyin, vaqtingizni boshqalardan ajratib turadigan ishlarga sarflanglar.
2️⃣ Portfolio — 20–30 ta sertifikat yig‘ish degani emas.
Man 10-sinf uchun mana shu formulani tavsiya qilaman:
1 ta aniq yo‘nalish + 1–2 ta jiddiy natija + 1 ta uzoq muddatli loyiha yoki research + real foyda
Masalan, matematikasi kuchli o‘quvchi:
— jiddiy olimpiadalarda qatnashishi;
— matematika yoki statistika bo‘yicha research qilishi;
— Python, GeoGebra yoki Desmos yordamida model va dastur yaratishi;
— maktabda matematika klubi ochishi;
— kichik sinflarga bepul va muntazam dars berishi;
— sifatli masalalar va yechimlar bazasini yaratishi mumkin.
3️⃣ Research va volontyorlik ham kuchli portfolioning bir qismi bo‘lishi mumkin.
Research — oddiy referat emas. Aniq savol yoki muammoni tanlab, ma’lumot yig‘ish, tahlil qilish va o‘z xulosangizni maqola, hisobot yoki loyiha ko‘rinishida chiqarish kerak. Imkon bo‘lsa, ustoz yoki mutaxassis bilan ishlanglar, lekin ishda aynan sizning hissangiz aniq ko‘rinsin.
Volontyorlik ham bir kunlik tadbir yoki sertifikat uchun emas, davomiy va real foyda beradigan bo‘lsin.
Masalan:
“8 oy davomida 25 nafar o‘quvchiga bepul matematika darsi o‘tdim, ulardan 10 nafari olimpiadaning keyingi bosqichiga o‘tdi.”
Volontyorlikni o‘z yo‘nalishingiz bilan bog‘lasangiz yanada kuchli bo‘ladi.
Muhimi — nima qilganingiz va qanday natija chiqarganingiz.
4️⃣ Qilgan ishingizning natijasi ko‘rinsin (isboti bo‘lsin).
Har bir faoliyat bo‘yicha quyidagilarni saqlab, yig‘ib boringlar:
— qancha vaqt davom ettirdingiz;
— aynan qanday vazifa bajardingiz;
— nechta odamga foyda berdi;
— qanday natija chiqdi;
— rasm, video, havola, maqola, sertifikatlar.
Application vaqtida “qatnashdim” degan gapdan ko‘ra, “mana shu ishni boshladim, mana buncha davom ettirdim va mana bu natijani chiqardim” degan isbot kuchliroq bo‘ladi.
☝️ Faqat portfolio qilaman deb maktab baholarini tushirib yubormanglar. Kuchli faoliyat bilan birga yaxshi akademik natija ham bo‘lishi kerak.
❗️ 10-sinf oxiriga kelib:
“Men mana shu yo‘nalishda mana bunday real ish qildim va mana bu natijaga erishdim”
deb aniq ayta olishingiz kerak.
Keyingi postda 11-sinfdagi application jarayoni: universitet tanlash, essay, tavsiyanoma va grant hujjatlarini qachondan boshlash kerakligi haqida yozaman 🔥
💬Telegram: @math_mentor