TGViewer
MATH MENTOR | DAVRBEK MATH MENTOR | DAVRBEK @math_mentor · 2.11K subscribers
Post #1792 1.24K
MATH MENTOR | DAVRBEK ❗️ Al-Beruniy maktabiga kirgan o‘quvchilarga Avvalo, hammangizni yana bir bor tabriklayman. Hozir biroz yaxshilab dam olib olinglar, bunga haqqingiz bor 😊 Lekin “Al-Beruniy maktabiga kirdim, bo‘ldi” deb xotirjam bo‘lib qolmanglar. Menimcha, Al-Beruniy maktabiga…
❗️ Al-Beruniyga kira olmagan o‘quvchilarga | 1-qism

1️⃣ Avvalo, bir narsani to‘g‘ri tushunib olaylik:

Al-Beruniy maktabiga kira olmaganingiz — TOP universitetlarga boradigan yo‘lingiz yopildi degani emas!

Al-Beruniy maktabi katta imkoniyat, lekin yagona yo‘l emas. Maktab - shunchaki vosita. Asosiy natijani baribir o‘quvchining o‘zi, bir necha yillik mehnati va to‘g‘ri tuzilgan reja beradi.

☝️ Qolaversa, ko‘pchiligingiz noldan boshlamayapsizlar: ingliz tilingiz yaxshi, ayrimlaringizda IELTS bor, matematikangiz ham yomon emas. Oldingizda hali taxminan 3 yil vaqt bor. Uni to‘g‘ri ishlatsangiz, oddiy maktabda o‘qib ham kuchli universitetlarga hujjat topshirishingiz mumkin.

2️⃣ 9-sinfni poydevor yili qilinglar:

— matematikani kuchaytiringlar;
— IELTSdan yuqoriroq ball olinglar;
— SAT boshlanglar va imkon qadar 9-sinf oxiri yoki 10-sinf boshida yaxshi natija qilinglar;
— maktab baholarini tushirib yubormanglar;
— kelajakdagi yo‘nalishingizni aniqlanglar.

Faqat IELTSni juda erta topshirib qo‘ymanglar - universitetga hujjat topshirish vaqtida amal qilish muddati tugab qolmasin.

Eng muhimi, IELTS va SAT — yakuniy maqsad emas. Ular universitet eshigini ochadigan vosita, xolos.

3️⃣ 9-sinf oxiriga kelib:

“Men nimam bilan boshqa o‘quvchilardan ajralib turaman?”


degan savolga javobingiz bo‘lishi kerak.

💜 Matematikasi kuchli o‘quvchilar esa 9-sinfdayoq portfolio uchun sekin harakatni boshlasa ham bo‘ladi.

Keyingi postda 10-sinfda qanday kuchli portfolio qurish va aynan nimalarga e’tibor berish kerakligini yozaman🔥

💬Telegram: @math_mentor
  • 🔥 32
  • ❤ 5
  • 👏 5
  • ⚡ 2
  • 👍 1
More from @math_mentor
  1. Oct 6, 2026📣 Diqqat 2-yangilik🔥 Bir necha kun oldin: maqsad faqat biror imtihonga tayyorlanish emas…
  2. Oct 6, 2026Assalomu alaykum, yaxshimisizlar 👋 1-yangilikni aytdik 🙂 • Endi 2-yangilikni kutayotganl…
  3. Oct 5, 2026Bir kunda yopiq kanalga 100+ o‘quvchi qo‘shilibdi 🔥 Diagnostik testni ham berdik. Hozir b…
  4. Oct 4, 2026MATH MENTOR | DAVRBEK pinned «📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixt…
  5. Oct 4, 2026📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixtisoslashtirilgan maktablarga m…
  6. Oct 3, 2026Post #1824
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →