❗️ Al-Beruniy maktabiga kirgan o‘quvchilarga
Avvalo, hammangizni yana bir bor tabriklayman. Hozir biroz yaxshilab dam olib olinglar, bunga haqqingiz bor 😊
Lekin “Al-Beruniy maktabiga kirdim, bo‘ldi” deb xotirjam bo‘lib qolmanglar. Menimcha, Al-Beruniy maktabiga kirish - kemaga chiqish, xolos. Kemaga chiqqaningiz bilan hali manzilga yetib borgan bo‘lmaysiz.
Maktabda darslarni birinchi kundanoq mas’uliyat bilan olib ketishga harakat qilinglar. Vazifalarni yig‘ib qo‘ysangiz, keyin yetib olish qiyin bo‘ladi. Ko‘p fan, ko‘p uyga vazifa, tez-tez imtihonlar bo‘ladi. Faqat o‘zingiz yaxshi ko‘radigan 2-3 ta fanga yopishib olib, qolganlarini tashlab qo‘ymanglar!
❗️ Yana bir muhim narsa — uyqu va sog‘liq. O‘tgan yilgi o‘quvchilardan eshitganim, aynan vazifalar, imtihonlar, stress va uyqusizlik ancha qiynagan. Shuning uchun vaqtni to‘g‘ri taqsimlashni hozirdan o‘rganinglar!
Agar maqsadingiz TOP universitetlar bo‘lsa, Al-Beruniy maktabida o‘qishning o‘zi bilan cheklanib qolmanglar. IELTS, SAT, olimpiadalar, loyihalar va portfolio uchun ham asta-sekin hozirdan harakat qilish kerak.
Al-Beruniy maktabi sizlarga juda yaxshi imkoniyat beradi. Endi shu imkoniyatdan qanday foydalanish o‘zingizga bog‘liq.
Hali maqsadingizga yetmadingiz, shunchaki maqsadingiz tomon yaxshi kemaga chiqib oldingizlar🔥
💬Telegram: @math_mentor
Post #1790
1.2K
MATH MENTOR | DAVRBEK Assalomu alaykum, xayrli kun barchaga! Bugun sizlar bilan imtihondan keyingi muhim masalalar haqida gaplashamiz. Avvalo, apellyatsiya berish tartibi va qaysi holatlarda apellyatsiya berish kerakligi haqida tushuntirib o‘tamiz. Shuningdek, maktabga kirgan…
- 🔥 28
- 👍 5