TGViewer
MATH MENTOR | DAVRBEK MATH MENTOR | DAVRBEK @math_mentor · 2.11K subscribers
Post #1752 763

Forwarded from Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati

📢 YAKUNIY KIRISH IMTIHONI NATIJALARI E’LON QILINDI!

2026–2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga qabulning yakuniy kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi.

📊 Nomzodlar o‘z natijalari bilan quyidagi rasmiy platformalar orqali tanishishlari mumkin:

🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095
🟢 https://ariza.piima.uz

🌍 Yakuniy kirish imtihonlari Britaniya Kengashi (British Council), Marshall Cavendish Education (Singapur) hamda Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda xalqaro baholash standartlari asosida tashkil etildi.

✅ Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori natijalarni qayd etgan 60 nafar nomzod Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga o‘qishga tavsiya etildi. Jumladan:

🔹 40 nafar nomzod — Aniq fanlar yo‘nalishiga;

🔹 20 nafar nomzod — Tabiiy fanlar yo‘nalishiga qabul qilinadi.

📄 Apellyatsiya tartibi:

🖱️ Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar Apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Bunda talabgorlar shaxsiy kabineti orqali natijalar e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Apellyatsiya komissiyasi murojaatlarni 10 kalendar kun ichida ko‘rib chiqadi hamda qanoatlantirish yoki rad etish to‘g‘risida xulosa beradi.

🎓 O‘qishga tavsiya etilgan nomzodlarni tabriklaymiz! O‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish hamda yangi o‘quv yilini boshlash bilan bog‘liq keyingi bosqichlar haqida ushbu Telegram kanalida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

🎉 Maktab jamoasi yangi qabul qilingan o‘quvchilarni tabriklaydi!

Al-Beruniy oilasiga xush kelibsiz!
  • 👍 4
More from @math_mentor
  1. Oct 8, 2026Post #1831
  2. Oct 8, 2026Xalqaro maktab olimpiadalariga tayyorgarlik darslari! Matematika instituti va AIFU hamkorl…
  3. Oct 6, 2026📣 Diqqat 2-yangilik🔥 Bir necha kun oldin: maqsad faqat biror imtihonga tayyorlanish emas…
  4. Oct 6, 2026Assalomu alaykum, yaxshimisizlar 👋 1-yangilikni aytdik 🙂 • Endi 2-yangilikni kutayotganl…
  5. Oct 5, 2026Bir kunda yopiq kanalga 100+ o‘quvchi qo‘shilibdi 🔥 Diagnostik testni ham berdik. Hozir b…
  6. Oct 4, 2026MATH MENTOR | DAVRBEK pinned «📣 Diqqat 1-yangilik🔥 • 7–8-sinflar uchun Al-Beruniy va ixt…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →