❗️ Ixtisoslashtirilgan maktabmi yoki yangi Muhandislik maktabimi?
Bu savolga hamma uchun bir xil javob yo‘q. Tanlovni maktabning nomiga yoki hozirgi reklamasiga qarab emas, farzandingizning qiziqishi va aynan o‘sha maktabdagi real sharoitga qarab qilish kerak.
❓ Ixtisoslashtirilgan maktab qanday imkoniyat beradi?
➡️ Ixtisoslashtirilgan maktablarning maqsadi — aniq va tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari, robototexnika kabi yo‘nalishlarda o‘quvchining qobiliyatini rivojlantirish va kuchli akademik bilim berish. Ya’ni bu maktablar faqat bitta kasbga emas, kengroq ilmiy va akademik yo‘nalishga tayyorlaydi.
Bunday maktabni tanlash ma’qul, agar o‘quvchi:
— hali kelajakdagi kasbini aniq tanlamagan bo‘lsa;
— matematika, fizika, IT yoki olimpiadalarga qiziqsa;
— keyinchalik turli universitet va yo‘nalishlar orasidan erkin tanlamoqchi bo‘lsa;
— o‘zi kirgan maktabda kuchli va tajribali ustozlar jamoasi mavjud bo‘lsa.
❓ Muhandislik maktabining farqi nimada?
Muhandislik maktablari ancha aniq va amaliy maqsadga ega: maktab davridan boshlab yangi avlod muhandislarini tayyorlash.
➡️ Rasmiy dasturga ko‘ra, ta’lim 5 yillik STEM modeli asosida tashkil etiladi: dastlabki uch yilda matematika, fizika va xorijiy tilga, keyingi ikki yilda esa boshlang‘ich muhandislik fanlariga katta e’tibor beriladi. 10–11-sinf dasturlari biriktirilgan texnika oliygohining 1-kurs fanlari bilan integratsiya qilinadi va ayrim fanlarni universitet professorlari o‘qitishi belgilangan.
➡️ 11-sinfda ikki oylik ishlab chiqarish amaliyoti ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, SAT’dan kamida 1300 ball yoki tegishli fandan B2 darajadagi davlat sertifikati hamda kerakli akademik natijaga ega bitiruvchilar uchun tegishli muhandislik yo‘nalishida 2-kursdan o‘qishni davom ettirish imkoniyati belgilangan.
Muhandislik maktabini tanlash ma’qul, agar bola:
— matematika va fizikani chinakamiga yaxshi ko‘rsa;
— mexanika, elektronika, dasturlash, robototexnika yoki loyihalashga qiziqsa;
— kelajakda muhandislik yo‘nalishini tanlash niyati ancha aniq bo‘lsa;
— nazariy bilim bilan birga laboratoriya, loyiha va amaliyot orqali o‘rganishni istasa.
Lekin bu hali tanlovning yarmi. Eng muhim jihatlar haqida keyingi postda yozaman.
💬Telegram: @math_mentor
Post #1744
1.2K
MATH MENTOR | DAVRBEK Xayrli kech, barchaga! Imtihonlar tugab, biroz dam olyapsizlarmi? So‘nggi kunlarda ko‘plab o‘quvchi va ota-onalardan bir xil savol kelmoqda: “Farzandim ixtisoslashtirilgan maktabga ham, yangi tashkil etilgan Muhandislik maktabiga ham o‘qishga kirdi. Qaysi…
- 👍 5
- ⚡ 4
- 🔥 3
- ❤ 2
- 🤩 1