❓ Yopiq guruhda tayyorgarlik qanday bo‘ladi?
✅ Bu guruhda matematika va fizikadan eng kerakli materiallar saralab beriladi. Maqsad — o‘quvchini tartibsiz testlar bilan chalg‘itish emas, balki imtihonga yaqin savollar, qiyinroq masalalar va xatolar ustida ishlash!
✅ MOCK testlar hozircha haftada 2 marta bo‘ladi. Imtihonga yaqin qolganda esa MOCKlar sonini ko‘paytirib, deyarli har kuni imtihon rejimida ishlaymiz.
💜 Matematikadan muntazam berilgan testlarning video tahlillari berib boriladi. Hafta oxirida takrorlash darsi bo‘ladi. Agar testlar soni ko‘p bo‘lsa, jonli tahlil qilamiz va o‘quvchilar so‘rovi asosida chiqmagan, qiyin savollarni alohida ko‘rib beramiz.
💜 Fizikadan har juft kunlari jonli takrorlash darslari bo‘ladi. Bu darslarda eng kerakli mavzular, ko‘p xato qilinadigan savollar va imtihonga yaqin masalalar ishlanadi.
❗️ Eng muhim tomoni — yozma ishga ham hozirdan tayyorlanamiz!
✅ Matematikadan yozma ishda tushadigan asosiy 5 ta mavzu, fizikadan esa 3 ta mavzu asosida yozma ishga mos saralangan savollar beriladi. Bundan tashqari, yozma yechim yozish texnikasi ham o‘rgatiladi.
💜 1-bosqich imtihonidan keyin esa asosiy e’tibor faqat 2-bosqich — yozma ishga qaratiladi. O‘sha paytda yozma ishga mos savollar va MOCKlar ko‘proq ishlanadi.
Eng zo‘r joyi: mock yozma ishlar tajribali ustozlar tomonidan imtihon formatida baholab beriladi va kamchiliklar tahlil qilinadi.
Maqsad bitta: qolgan vaqtni eng kerakli materiallar bilan to‘g‘ri ishlatib, imtihonga kuchli tayyorgarlik bilan kirish!
Guruhga qo’shilish shartlari keyingi postda..
👉 @math_mentor
Post #1465
1.75K
MATH MENTOR | DAVRBEK 2️⃣👍👍👍 Imtihongacha tayyorgarlikni yopiq va tartibli formatda davom ettiramiz! ❗️ Bu oddiy guruh bo‘lmaydi. Maqsadimiz — aniq maqsadi bor, oxirigacha harakat qiladigan o‘quvchilar bilan saralangan va eng kerakli baza asosida ishlash! ☝️ Hozir faqat har…
- 👍 21
- 🔥 10
- ❤ 3
- 👏 2