TGViewer
Channel Public Channel
Islomjon G'ofurov | Marketing

Islomjon G'ofurov | Marketing

@marketolog_islomjon

Marketing va biznesda sizga foydasi tegadigan ma’lumotlar!

@islomjon_gofurov
Subscribers
50
Photos
45
Videos
0
Links
4
Recent Posts 10 shown
Post #90 70
Islomjon G'ofurov | Marketing TAN Group uchun CRM yasadim. Dasturchi yollamadim. Muammo shunda ediki — lidlar Telegram'da, WhatsApp'da, qo'ng'iroqlarda. Kim qaysi bosqichda, kim kutib qolgan, kim unutilgan — hech narsa bitta joyda yo'q. Bir-ikki marta shunday bo'ldi: mijoz "o'ylab ko'raman"…
⬆️ CRM + CAPI loyihamiz davomi

$50 sarfladik — potensial $2,900,000 jalb qildik

10 kun. Kuniga $5. Meta Ads + CRM + CAPI.

Natija:
→ 30 ta lid
→ 29 tasi — aynan maqsadli mijoz ✅
→ 1 tasi telefon ko'tarmadi
→ O'rtacha chek — $100,000

Hisob-kitob:
29 lid × $100,000 = $2,900,000 potensial pipeline

Hali bitim yopilgani yo'q — bu soha uzun tsikl, qaror 1-3 oy oladi. Lekin sifat shu darajada yuqoriki, 29 dan 29 tasi maqsadli.

Qanday qildik?

Aksariyat kompaniyalar "ko'proq pul — ko'proq natija" deb o'ylaydi. Biz teskari yo'l tutdik:

1. CAPI — Meta'ga aniq signal berdik. Piksel emas, server orqali. Algoritm kimni qidirishi kerakligini tushundi
2. CRM — har bir lid real vaqtda tushdi, birorta yo'qolmadi
3. Tor auditoriya — "hammaga" emas, faqat o'rtacha cheki $100k+ bo'lgan qarorchi odamga

Natija: leads sifati 96.7%

Sizning biznesingizda ham shunaqa tizim qurish mumkin.
Bepul audit → @islomjon_gofurov
  • ⚡ 3
  • 💯 1
Post #88 69
🎯 Boost tugmasi — eng qimmat xato

Ko'pchilik shunday qiladi: Instagram da post chiqaradi, "Postni targ'ib qilish" tugmasini bosadi, $10-20 sarflaydi, natija yo'q. "Facebook Ads ishlamaydi" deydi.

Aslida muammo reklamada emas — boost tugmasining o'zida.

U orqali audienciyani sen tanlolmaysan. Facebook o'zi tanlaydi — ko'pincha sahifangni allaqachon like bosgan odamlarga ko'rsatadi. Yangi mijoz emas, eski tanishlar.

Ads Manager boshqa gap. U yerda yoshi, shahri, qiziqishlari, xatti-harakatlari — hammasini o'zing belgilaysan. Mahsulotingga mos odamni topib, unga ko'rsatasan.

Farqi katta: boost — tasodifiy, Ads Manager — aniq nishon.

Shuning uchun "Instagram da reklama ishlamaydi" deganlarning aksariyati aslida hech qachon to'g'ri reklama bermagan bo'ladi.

Siz ham boost qilib ko'rdingizmi? Natija qanday bo'ldi? 👇
  • ❤ 3
  • 🔥 1
Post #87 64
Ko'p kompaniyalar tenderlarga shunchaki "birov aytib qolsa ko'ramiz" deb yondashadi.

TAN GROUP ham shunday edi. Har kuni ko'plab tenderlar e'lon qilinadi, lekin ularni qo'lda kuzatib borish — vaqt talab qiladigan, ko'pincha o'tkazib yuboriladigan ish.

Biz buning o'rniga bot o'rnatdik. Endi bot har kuni platformalarni tekshiradi, TAN GROUP uchun mos lotlarni ajratib, tayyor ro'yxat qilib yuboradi.

Qurilish sohasida tenderlar ko'p. Va summalari ham kichik emas — ko'pchilik holda milliardlab so'mlik loyihalar. Bir tender yutilsa, butun chorakni qoplaydi.

Dastur yozganimiz uchun emas. Bitta yangi mijoz kanali kerak edi, xolos.

Veb-sayt bor, Instagram bor, tavsiyalar bor. Endi tender ham bor.

Biznesingizda qaysi kanal hali ochilmagan? Ko'pincha u ko'z oldingizda turibdi, faqat tizimga kiritilmagan.

@islomjon_gofurov — yozishingiz mumkin.
  • ❤ 3
  • 🔥 1
Post #86 63
Men ishlatadigan 5 ta AI tool — va har biri nima uchun

Odamlar ko'pincha "AI ishlatish" desa ChatGPT ni nazarda tutadi. Aslida menda kundalik ishda 5 xil tool bor va har biri o'z o'rni bor.

1. Claude — strategiya va matn
Kontent rejasi tuzish, post yozish, tahlil qilish. ChatGPT ga qaraganda kontekstni yaxshiroq saqlaydi. Uzoq vazifalar uchun zo'r.

2. ChatGPT — tez javob va g'oyalar
Biror narsani tezda brainstorm qilish kerakmi — ChatGPT. 30 sekundda 10 ta g'oya beradi.

3. Gemini — rasm yaratish va ko'p tilli kontent
Sayt uchun maqola yozganda 3 tilda (o'zbek, rus, ingliz) bir vaqtda chiqaradi. Rasmlarni ham shu bilan yarataman.

4. Cursor/Claude code — kod yozish
Dasturlashni bilmayman. Lekin Telegram botlar, CRM, avtomatlashtirish — bularni Cursor yordamida quraman. Kod yozmayman, tushuntiraman.

5. Midjourney — kreativ rasmlar
Reklama kreativi, karusel rasmlari, brending uchun. Oddiy fotodan ko'ra ko'proq e'tibor tortadi.

Umumiy: bu toollar menga oyiga 40-50 soat ish vaqtini tejaydi.

Siz qaysi AI ishlatasiz? 👇
  • ⚡ 2
Post #85 147
TAN Group uchun CRM yasadim. Dasturchi yollamadim.

Muammo shunda ediki — lidlar Telegram'da, WhatsApp'da, qo'ng'iroqlarda. Kim qaysi bosqichda, kim kutib qolgan, kim unutilgan — hech narsa bitta joyda yo'q.

Bir-ikki marta shunday bo'ldi: mijoz "o'ylab ko'raman" dedi, biz ham o'ylab ko'rdik 😅 va u boshqa kompaniyaga ketdi. Keyin o'ylasam — sababim aniq, tizim yo'q edi.

Shuning uchun o'zim yozib chiqdim. Python, oddiy fayl. Server kerak emas, oylik to'lov kerak emas, o'z kompyuterda ishlaydi.

Hozir ichida:
— Lid qo'shish, bosqichma-bosqich kuzatish
— Har bir mijozga muddat va eslatma
— Qo'ng'iroq qilinmagan, unutilgan lidlar alohida ko'rinadi
— Oylik hisobot

Dasturlashni bilmayman. AI ga tushuntirdim, u yozdi, men sinab ko'rdim. Xolos.

Sizning biznesingizda ham shunday tartibsizlik bormi?
  • ⚡ 1
  • 🔥 1
Post #83 50
Nimalar bilan bandman

Hozirgi paytda TAN Group qurilish kompaniyasida shtatda Digital marketolug sifatida ishlayapman, Asosiy qiladigan ishlarim kompaniyani digital maydondagi pozitsiasini yaxshilash, online lidlar oqimini kopaytirish va sotuvni oshirishdan iborat.

Jarayonda ancha kop yangi narsalarni o'rganyapan, test qib koryapman va hk.

Sizlarga ham qiziq bolsa kanalda yoritib boraman!

Reaksiya qoldiring🔥
  • 🔥 6
  • 👍 1
Post #82 126
marketing_tizimini_audit_qilish_pul_isrof_bo_lishidan_oldin_ko_r.pdf84.8 KB
Jarvis 2026-yil 2-sentabrda yozgan — bu sana ko'pchilikka hech nima demaydi. Menga esa juda ko'p narsa aytadi.

Biz marketologlar ko'pincha "keyin yozaman", "keyin tartibga solaman" deb o'tamiz. Natijada asosiy bilimlar — boshimizda, eslatmalar — telefonda tarqoq, hech qachon bitta joyga tushmaydi. Bir vaqtlar men ham shunday ishlardim. Jarvis yozuvlarini ko'rganimda tushundim: tizimli qo'llanma bo'lmasa, tajriba — tajriba emas, faqat xotira.

Shuning uchun bu PDF'ni tayyorladim.

Uch narsa uchun bu fayl muhim:

• Amaliy tuzilma — nazariya emas, to'g'ridan-to'g'ri qo'llash mumkin bo'lgan ketma-ketlik. O'qib bo'lgach ertasi kuni ishga solsa bo'ladi.
• Vaqtni tejash — bir soat o'tirib boshqatdan o'ylamaslik uchun. Hamma asosiy nuqtalar bitta faylda.
• Takrorlanuvchanlik — bu qo'llanmani bir marta o'rganib, keyingi loyihalarda ham ishlatish mumkin. Har safar noldan boshlash shart emas.

👇 Faylni yuklab oling va bitta narsadan boshlang
  • 🔥 3
  • 🤯 1
Post #76 60
Performance marketingda qaysi ko'rsatkichga e'tibor berish biznes daromadini belgilaydi. Arzon kliklar yoki noto'g'ri metrikalar orqasidan quvish o'rniga, haqiqiy natija beradigan harakatlarga e'tibor qating. Blogimda reklamangiz samaradorligini oshirish bo'yicha eng muhim tahlillarni ulashaman. #performancemarketing #smmuzbekistan #shaxsiypromote #digitalmarketing #biznesstrategiya
  • ❤ 2
  • 🔥 2
Post #75 51
Mayami rasman Vays-Siti shahriga aylanadi: shahar ma’muriyati GTA VI uchun marketing kampaniyasini ma’qulladi.

Yil oxirigacha shaharning turli nuqtalarida “Vays-Sitiga xush kelibsiz” kabi yozuvlar paydo bo‘ladi. Biroq reklamalarda o‘yinning o‘zini tilga olish taqiqlangan.

Mahalliy politsiya bunga qarshi chiqqan, ammo ko‘rinishidan, meriyada o‘yin muxlislari ko‘proq ekan. Bundan tashqari, Rockstar shaharga qariyb 4 million dollar to‘laydi.

Floridada o‘yin relizini kutib olish qiziqarli bo‘ladi.

Bitta o'yin - shahar nomi o'zgarishiga ta'sir ko'rsatmoqda!

manba: @sheldonkundaligi
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
Post #69 60
Komfort zonada qolish shaxsiy brendingiz o'sishini to'xtatib qo'yadi. Aslida rivojlanish va muvaffaqiyat har kuni kichik bo'lsa ham yangi qadam tashlashdadir. Siz bugun qaysi xavfni o'z bo'yningizga olasiz? Izohlarda fikringizni yozib qoldiring! #smm #shaxsiybrend #komfortzona #marketing #rivojlanish
  • 🔥 3
  • ⚡ 2
Older posts →

About this channel

How can I read @marketolog_islomjon without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Islomjon G'ofurov | Marketing: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Islomjon G'ofurov | Marketing have?
Islomjon G'ofurov | Marketing (@marketolog_islomjon) has 50 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Islomjon G'ofurov | Marketing know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →