TGViewer
Channel Public Channel
Sheldon Kundaligi

Sheldon Kundaligi

@sheldonkundaligi

Texnologiya, kiber olam, trendlar va qiziqarli xabarlarga qiziquvchilar uchun foydali kanal.

Biz bilan birga dunyoqarashingizni kengaytiring va bilim darajasini oshiring.

Reklama: @bwadsmanager
Subscribers
11.2K
Photos
1.7K
Videos
679
Links
1.2K
Recent Posts 20 shown
Post #4735 2.92K
PS5 to‘liq buzib kirildi

Yangi jailbreak konsolning deyarli barcha versiyalarida o‘yinlarni bepul ishga tushirish imkonini beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu usul 16-sentabrda chiqarilgan eng so‘nggi proshivkadan tashqari, PS5 konsolining boshqa proshivka versiyalarida ishlashi mumkin. PS5 Pro ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Eksployt GitHub platformasiga yuklangan. Biroq undan foydalanish qurilmaga zarar yetkazishi yoki boshqa xavflarni keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun o‘z tavakkalingiz bilan sinab ko‘rishingiz mumkin.

Havola
Post #4734 3.43K
The New York Times XXI asrning eng yaxshi 100 ta serialini jamladi

Reyting rejissyorlar, senariynavislar, prodyuserlar, aktyorlar va boshqa kino sohasi vakillarining baholari asosida tuzilgan.

Ro‘yxatda epik jangovar sahnalarni yoqtiradiganlar va qo‘rqinchli filmlar muxlislari uchun alohida tanlovlar, bir kunda tomosha qilib tugatish mumkin bo‘lgan seriallar hamda noodatiy eksperimental loyihalar ham bor.

To‘liq ro‘yxatni havola orqali saqlab qo‘yishingiz mumkin. Suratdagi usul esa ko‘rgan seriallaringizni belgilab borish uchun qulay.
Post #4733 3.52K
Telefonlar va quloqchinlar 30 metr masofadan ham tinglash imkonini beruvchi hujumga zaif bo‘lishi mumkin — ma’lumotlarni hatto devor ortidan ham olish ehtimoli bor.

Xitoylik olimlar InjectEave deb nomlangan yangi usulni aniqladi. Elektromagnit ta’sir yordamida ular qurilmaga ta’sir ko‘rsatib, kuchsiz signalni shunday modulyatsiya qilishganki, uni aniqlash va ushlab qolish osonlashgan.

Tinglash uchun maxsus jihozlar talab qilinmagan: uzatish va qabul qilish antennalari, USRP B210 radiotizimi hamda Siglent SSA3075X Plus spektr analizatoridan foydalanilgan. Tadqiqotchilar 11 ta quloqchin va boshqa turdagi qurilmalarda ushbu hujumni sinab ko‘rgan.

Dastlab bunday ta’sirni atigi 1–6 metr masofada amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Biroq radiochastota kuchaytirgichi qo‘shilgach, hujumning masofasi 30 metrgacha oshgan.
Post #4732 3.54K
ChatGPT bilan yozishmalarni begona odamlar o‘qiydi

OpenAI bot javoblarini baholash uchun yuzlab pudratchilarni jalb qiladi. Ular foydalanuvchilarning real so‘rovlari asosida ChatGPT javoblarini tekshiradi.

Tekshiruvchilarga shaxsiy ma’lumotlar keltirilgan butun suhbatlar ham ko‘rsatilishi mumkin. Akkaunt nomlari yashiriladi, biroq OpenAI tan olishicha, suhbatlarni tekshiruvchilarga yuborishdan oldin maxfiy yoki nozik ma’lumotlarni har doim ham to‘liq olib tashlashning imkoni bo‘lmaydi.
Post #4731 3.49K
Mayami rasman Vays-Siti shahriga aylanadi: shahar ma’muriyati GTA VI uchun marketing kampaniyasini ma’qulladi.

Yil oxirigacha shaharning turli nuqtalarida “Vays-Sitiga xush kelibsiz” kabi yozuvlar paydo bo‘ladi. Biroq reklamalarda o‘yinning o‘zini tilga olish taqiqlangan.

Mahalliy politsiya bunga qarshi chiqqan, ammo ko‘rinishidan, meriyada o‘yin muxlislari ko‘proq ekan. Bundan tashqari, Rockstar shaharga qariyb 4 million dollar to‘laydi.

Floridada o‘yin relizini kutib olish qiziqarli bo‘ladi.
Post #4730 3.74K
Suno v6 chiqdi — musiqa yaratish uchun mo‘ljallangan yangi modellar oilasi ilk bor yirik musiqiy leyblar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi.

Endi meshaplar yaratish va trekni qayta generatsiya qilmasdan, qo‘shiqdagi alohida satrlarni almashtirish mumkin. Sempllar bilan ishlash ham ancha yaxshilandi — trekning bir qismini olib, masalan, undagi faqat gitara partiyasini ajratib olish va uning asosida bit yaratish mumkin.

Jami uchta neyrotarmoq mavjud: flagman v6, tajribalar uchun “oldindan taxmin qilib bo‘lmaydigan” v6-wild va bepul v6-mini. Promt sifatida matn, audio, ovoz, rasmlar va videolardan foydalanish mumkin.

Yangi versiya allaqachon bosqichma-bosqich foydalanuvchilarga taqdim etila boshladi.

Havola
Post #4729 3.44K
Barcha relizlarni bir joyda kuzatamiz

Eng kutilayotgan filmlar, videoo‘yinlar va seriallar chiqish sanalarini kuzatish uchun maxsus taqvim ishga tushirildi.

Qiziqarli relizlarni Google yoki Apple taqvimingizga qo‘shib qo‘yishingiz mumkin. Shunda sevimli film, serial yoki o‘yiningiz chiqishini aniq o‘tkazib yubormaysiz.

Har bir reliz sahifasida uning qisqacha tavsifi va treylerini ham ko‘rish mumkin.

Smartfonlarda xizmat veb-ilova sifatida ishlaydi.

Havola
Post #4728 3.65K
Shaxsiy josus sun’iy yo‘ldoshga ega bo‘lamiz

God’s Eye View xizmati real ma’lumotlar asosida ishlaydigan Yer modelidan foydalanadi. Xizmat telemetriya ma’lumotlari bilan birga minglab samolyotlarni, jumladan, harbiy havo kemalarini kuzatadi.

Bundan tashqari, kemalar, sun’iy yo‘ldoshlar, zilzilalar va ommaga ochiq kameralarni ham real vaqt rejimida ko‘rish mumkin. Barcha ma’lumotlar ochiq manbalardan olinadi.

Istalgan reysni bosib, go‘yoki uchuvchi kabinasiga “o‘tirish”, tasvirni termal kamera yoki tungi ko‘rish qurilmasi rejimiga o‘tkazish mumkin.

Xizmatni hatto AI-agent orqali ovozli buyruqlar yordamida boshqarish mumkin.

Havola
Post #4727 3.29K
Telegram Gram Wallet kriptohamyonini ishga tushirdi

Hamyon allaqachon ayrim foydalanuvchilarda paydo bo‘lgan. Barcha foydalanuvchilar uchun hamyon yaqin ikki hafta ichida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi. Hamyonni tarixdagi eng yirik non-kastodial kriptohamyonga aylantirish va’da qilinmoqda.

E’lon qilinganidan bir necha daqiqa o‘tib, Gram kursi 4,5% ga oshdi.
Post #4726 3.51K
GTA VI chiqadigan kuni butun dunyoda “ish bo‘yicha blekaut” yuz beradi — WSJ prognozi

Odamlar 19-noyabrni norasmiy dam olish kuni deb e’lon qilmoqda. Ko‘plab ish beruvchilar allaqachon bu vaziyatdan xodimlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun foydalanmoqda. Hatto AQSh armiyasi ham bu tashabbusga qo‘shildi: u yerda xodimlarga birdaniga to‘rt kunlik dam olish berilmoqda.

Ushbu postni rahbaringizga vyuboring.
Post #4725 3.36K
Qozog‘iston 16 yoshdan kichik bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi

Mamlakat hukumati bunday qarorni o‘smirlarning salomatligi va hissiy barqarorligi haqida qayg‘urish bilan izohlamoqda. Qonun loyihasi allaqachon tayyor va agar qonun qabul qilinsa, bolalarga shunchaki akkaunt yaratish taqiqlanadi.

Yoshni tekshirish majburiy bolalar SIM-kartalarini joriy etish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Post #4724 3.45K
ChatGPT Telegram uchun stikerlar yaratishni o‘rgandi

Endi chatbot messenjerlar uchun PNG formatidagi rasmlarni generatsiya qila oladi.

Shaxsiy stikerlar to’plamini qanday yaratish mumkin:

ChatGPT’da “Images” bo‘limini oching → “Stickers”’ni tanlang → promptni o‘zingizga moslab yozing → rasmlaringizni qo‘shing → natijadan zavqlaning.

Shundan so‘ng tayyor stikerlar to‘plamini alohida fayllarga bo‘lib, Telegram’ga yuklashning o‘zi kifoya.

Havola
Post #4719 3.41K
Istalgan qurilma o‘rtasida fayllarni yuboramiz

LocalSend — barcha platformalar uchun AirDrop texnologiyasiga o‘xshash qulay servis. Xizmat fayllar, papkalar va hatto xabarlarni yaqin atrofdagi qurilmalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalliy tarmoq orqali yuboradi. Bunda internet yoki tashqi serverlarga ulanish talab qilinmaydi.

iOS, macOS, Windows, Android va Linux platformalarida ishlaydi. Ya’ni, masalan, iPhone’dan Steam Deck’ka ham bemalol fayl yuborish mumkin.

Havola
Post #4718 3.38K
Telegram messenjerining desktop versiyasi katta yangilanish oldi

Endi sozlamalar orqali veb-proksini yoqish mumkin. Shundan so‘ng Telegram trafigi oddiy HTTPS trafigi sifatida niqoblanadi va uni filtrlash qiyinlashadi.

Bundan tashqari, yangilanish doirasida quyidagi imkoniyatlar ham paydo bo‘ldi:

• To‘liq funksional video muharriri;
• Markdown formatlash yaxshilandi;
• Xabarlar uchun o‘chib ketish taymerlari qo‘shildi;
• Musiqa fayllarini yuborish imkoniyati takomillashtirildi.
Post #4717 3.36K
Qashshoqlik miyaga salbiy ta’sir qiladi: moliyaviy muammolarga duch kelgan odamlarda 53 yoshga kelib xotira, diqqat va fikrlash qobiliyati zaiflashishi mumkin

Olimlar 1946-yilda tug‘ilgan 2 759 nafar insonning ma’lumotlarini tahlil qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, moliyaviy qiyinchiliklar sabab yuzaga keladigan surunkali stress bilan kognitiv qobiliyatlarning pasayishi o‘rtasida deyarli bevosita bog‘liqlik mavjud.

Aniqlanishicha, pul bilan bog‘liq doimiy stress qanchalik kuchli bo‘lsa, insonlar o‘rta yoshda xotira, diqqat va tafakkurni baholovchi testlarda shunchalik past natija ko‘rsatadi.

Eng yuqori xavf guruhiga erkaklar, ijtimoiy jihatdan nochor oilalarda ulg‘aygan insonlar hamda Altsgeymer kasalligiga genetik moyilligi bo‘lgan shaxslar kiradi. Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, aynan ushbu guruhlar uchun uzoq davom etadigan moliyaviy qiyinchiliklar miya salomatligiga yanada kuchliroq salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Post #4713 4.08K
Xitoyda videokartalar narxi bir kechada 15–30 foizga oshib ketdi

Narxlarning keskin oshishi NVIDIA, AMD va Intel videokartalariga ta’sir qildi. Shu bilan birga, Taobao, Pinduoduo va JD kabi yirik savdo platformalarida ham narxlar bir vaqtning o‘zida ko‘tarildi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunga yana xotira chiplari bozoridagi inqiroz sabab bo‘lgan. So‘nggi bir oy ichida GDDR6 va GDDR7 xotira chiplari narxi har bir dona uchun taxminan 20 dollarga qimmatlashgan.

Agar vaziyat o‘zgarmasa, narxlarning bunday o‘sishi yaqin orada boshqa mamlakatlar bozorlariga ham ta’sir qilishi mumkin.
Post #4712 8.62K
Kimi K3 modeli Hugging Face platformasiga joylandi.

Xitoyning bu ulkan sun’iy intellekt modeli 2,8 trillion parametr, 1 million tokenli kontekst oynasi va OpenAI hamda Anthropic kompaniyalarining o‘xshash modellariga nisbatan bir necha baravar arzon narx bilan ajralib turadi.

Model allaqachon AQShning eng kuchli sun’iy intellekt modellari bilan bemalol raqobatlasha oladi.

Havola
Post #4708 4.86K
Vibe-koder atigi bitta prompt yordamida Opus 5 orqali Call of Duty o’yinining klonini yaratdi

Takrorlab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun prompt:

I want you to build a first-person shooter at the level of the most recent Call of Duty games. It should be utterly perfect, visually beautiful, with every single thing done at AAA quality—from textures to physics to anything you could think of. 

Fan out sub-agents and have sub-agents tackle each one individually so that the game is utterly perfect. You should /loop on each item and have a separate sub-agent check it visually to ensure it looks triple A. That separate sub-agent should be a really harsh critic, and if it doesn't look triple A, it should keep going.

Don't stop until each sub-agent is utterly wowed with the quality when compared with the actual Call of Duty game. It should literally compare them side by side blind and say which one looks better. Do this in ThreeJS. /loop until it's utterly perfect. Fan out sub-agents and ultracode.


Sun’iy intellekt allaqachon o‘yin darajalari (level) va asosiy o‘yin mexanikalarini yaratishni yaxshi uddalayapti. Assetlarni esa Blender MCP serveri orqali tayyorlash mumkin.
Post #4706 4.18K
Anthropic Opus 5 uchun prompt yozish bo‘yicha qo‘llanmani e’lon qildi

Yangi modelga imkon qadar kamroq “harakat qilishni” so‘rash tavsiya etiladi, aks holda u barcha tokenlarni tez sarflab yuboradi.

Endilikda so‘rovlarning qisqa va lo‘nda bo‘lishi muhim. Opus 5 o‘z ish jarayonini batafsil izohlashni va qo‘shimcha subagentlarni ishga tushirishni yoqtiradi.

Shuningdek, “yana bir bor tekshir” kabi promptlarni ishlatmaslik tavsiya etiladi. Chunki model buni standart rejimda (default) allaqachon o‘zi bajaradi.

Havola
Post #4704 4.05K
Claude Opus 5 taqdim etildi — model ko‘p vazifalarda Fable 5 modelidan ustun chiqdi

Opus 5 agentlik (AI agent) vazifalarini ancha samarali bajaradi va kod yozish bo‘yicha deyarli Anthropic kompaniyasining eng kuchli modeli darajasiga yetgan. Opus 5 yangi GPT-5.6 Sol modelini ham deyarli barcha testlarda ortda qoldirdi.

Shu bilan birga, Opus 5 narxi Opus 4.8 bilan bir xil darajada qolgan.

Modelni hozirdanoq Claude Code va Anthropic chat-boti orqali sinab ko‘rish mumkin.
Older posts →

About this channel

How can I read @sheldonkundaligi without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sheldon Kundaligi: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sheldon Kundaligi have?
Sheldon Kundaligi (@sheldonkundaligi) has 11.2K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sheldon Kundaligi know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →