TGViewer
Channel Public Channel
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal

@marifatziyo

Kuch — bilim va tafakkurda!

Telegram: @marifatziyo

@marifat_gazetasiga_yozish
Reklama: 90-167-67-05, 77-503-47-67
Web-sayt: www.marifat.uz

Pochta: marifat.bilan@gmail.com

www.facebook.com/marifat.uz

Murojaat uchun: @Marifatga_murojaat_bot

Tijorat uc
Subscribers
3.58K
Photos
13.4K
Videos
664
Links
8K
Recent Posts 14 shown
Post #16855 218
“Ma’rifat” gazetasining 2026-yil 14-oktabr kungi sonida:

👉 “Kelajak” to‘garaklari: imkoniyatlarni yaqinlashtiraylik
👉 Ilon Mask sun’iy intellektning imkoniyatlari haqida ogohlantirmoqda
👉 Salohiyat adolatli baholansa…
👉 Energetik mustaqillikning yangi formulasi
👉 Musiqa darsi: tinglashdan ijodgacha
👉 Islohotlar falsafasi
👉 Til ta’limiga baxshida umr
👉 Xatirchidan Germaniyaga qadar ziyo taratgan ustoz
👉 45 daqiqalik darslar kerak(mi?)

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilovae
  • ❤ 5
  • 🔥 3
  • 👏 1
Post #16854 597
#dolzarb_mavzu

XALQIMIZGA MUKAMMAL ALIFBO KERAK!
 
Biz nega lotin yozuviga o‘tyapmiz?
 
Yaqin kelajakda to‘liq lotin yozuvi asosidagi yangi alifboga o‘tamiz. Hozir mamlakatimiz ta’lim tizimida farzandlarimiz butunlay shu yangi yozuvda ta’lim olyapti. Bugunning o‘zidayoq aynan lotin alifbosida savod chiqargan katta bir avlod paydo bo‘ldi. Lekin erta-indin butun xalq ana shu yangi alifboda ish yuritishi, o‘qishi, yozishi kerak. Bu millat hayotida shunchaki hodisa emas, aksincha, juda katta tarixiy madaniy jarayon.


Ayrimlar yangi alifbomizni hozirdan puxta o‘rganib olgan yoki o‘rganishga jiddiy kirishgan. Biroq ba’zi­larimiz hali bu haqda o‘ylab ham ko‘rganimiz yo‘q. Xuddi ayni voqeaning bizga aloqasi yo‘qdek.
Keling, shu haqda batafsilroq fikrlashaylik.


Batafsil👉 https://marifat.uz/show-post/xalqimizga-mukammal-alifbo-kerak-1540

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
  • ❤ 4
  • 👍 2
  • 🔥 1
Post #16853 972
#RASMIY_XABAR

Turdimov Erkinjon Oqbo‘tayevich Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

E.Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
  • 👍 7
  • ❤ 2
Post #16852 632
“Ma’rifat” gazetasining 2026-yil 7-oktabr kungi sonida:

👉 Ilm ahli uchun eng katta mukofot pul yoki shuhrat emas!
👉 Qo‘shimcha ta’limmi yoki pedagogik yordam: chegarani qayerdan belgilaymiz?
👉 Ish beruvchilar qanday mutaxassis izlayapti?
👉 Mehnatlaring el ichra e’tirof etilsa…
👉Xalqaro fan olimpiadalarida 87 ta medal!
👉 Mustaqillik – bugun barpo etilayotgan kelajak
👉 Muallima bo‘lsa, sizdek bo‘lsin!
👉 Umid chirog‘i

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
  • 👍 6
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #16847 832
📚 Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun menejerlik o‘quv kurslarining ochilish tadbiri o‘tkazildi.

✅Tadbirda vazirlik mas’ullari, Kasbiy ta’lim agentligi va Institut rahbariyati, xalqaro tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, ekspertlar hamda texnikum rahbarlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida kursning maqsadi, mazmuni va asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda xorijiy tajribadan foydalanish va bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

💬 Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan Kasbiy ta’lim agentligi, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, GIZ, German Sparkassenstiftung for International Cooperationning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Helvetas loyihasi vakillari hamkorligida texnikum rahbarlari uchun zamonaviy menejment yondashuvlarini o‘z ichiga olgan o‘quv reja va dasturi ishlab chiqildi.

❗️Kursning asosiy maqsadi texnikum rahbarlarining zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, strategik rejalashtirish, jamoani samarali boshqarish hamda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

📎 Eslatib o‘tish joizki, 2026-2027-o‘quv yilidan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan texnikum direktorlariga lavozim maoshining 50 foizi, direktor o‘rinbosarlariga esa 30 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash orqali rag‘batlantirish nazarda tutilgan.
 
Muyassar JUMANIYOZOVA,
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti matbuot kotibi

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Post #16846 569
"Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?" degan savol tug‘ilishi tabiiy.

Prezidentimizning ikki vazirlikni birlashtirishdan ko‘zlagan asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat:

– Ta’lim va ilm-fan vazirligi barcha bog‘cha, maktab, professional va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etishi va ularning operatsion jarayonlari uchun mas’ul bo‘lishi, ta’lim faoliyatiga qo‘yiladigan talablarni belgilashi, akkreditatsiyalash va litsenziyalash bilan shug‘ullanishi kerak;

– Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi o‘quv dasturlari, qo‘llanmalar va metodik materiallarni ishlab chiqadigan o‘ziga xos laboratoriya vazifasini bajarishi, ularni amaliyotga joriy etishi, natijalarini kuzatishi va aniqlangan kamchiliklar asosida takomillashtirib borishi kerak. Bu ishlar Prezidentimiz belgilab bergan "o‘zbek maktabi bitiruvchisining portreti"ga tayangan holda olib boriladi;

– Prezident Administratsiyasi va uning huzurida tashkil etiladigan alohida ishchi guruh yangi vazirlikning tuzilmasini ishlab chiqadi, ish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqadi, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi hamda islohotning umumiy strategiyasini belgilaydi;

– oliy ta’limda davlat aralashuvini keskin qisqartirish, oliygohlar mustaqilligini kengaytirish va nodavlat sektor uchun imkoniyatlar yaratish lozim, qaysi oliygoh sifatli ta’lim berayotganini esa erkin raqobat va bozor talabi ko‘rsatishi kerak.

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Post #16845 607
Yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi.

Islohotning asosiy maqsadi — mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish.

Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi uzviylik va davomiylikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha bosqichlar hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
  • 👍 3
  • 👏 1
Post #16844 441
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” universitetiga tashrifi hamda ta’lim sohasi fidoyilari bilan o‘tkazgan ochiq, samimiy va chuqur tahliliy muloqoti mamlakatimiz hayotidagi g‘oyat muhim ijtimoiy-siyosiy, qolaversa, tarixiy voqelikka aylandi. 

Batafsil: https://marifat.uz/show-post/millat-taqdiri-va-uchinchi-renessans-poydevori-muallimga-ehtirom-yuksak-marrada-1526

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
  • ❤ 1
Post #16840 481

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Boshlang‘ich sinflar uchun alohida imtiyozlar berilmoqda

✅ Xorazmiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Mendeleyev kabi xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan pedagoglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifaga ega bo‘ladi.

Shuningdek, boshlang‘ich sinflar uchun ham alohida imtiyozlar berilmoqda. Xususan, kelgusi yildan 4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkaziladi va tuman bosqichi g‘oliblari kompyuter bilan taqdirlanadi.


Ularni ustozlariga ham pul mukofotlari beriladi:

➖tuman bosqichi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchilariga – 10 mln so‘m;
➖viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchilariga – 50 mln so‘m;
➖respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan o‘quvchilar o‘qituvchilariga – 100 mln so‘m.

🔴 Xushxabarlar e’lon qilinishi davom etmoqda.

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Post #16839 307

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

🔴 Prezidentimizning pedagoglar bilan muloqotida e’lon qilinayotgan xushxabarlar davom etmoqda.

Ushbu imtiyozlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz:

Milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oylik maoshiga 50 foiz ustama to‘lanadi.

Har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchiga 30 million so‘mdan mukofot beriladi.

Yana 1 ming o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi.

Kamida 15 yil stajga ega pedagoglarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Post #16838 499
Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi

Prezidentimiz o‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan 52 ta tumanda xususiy maktablar ochishni qo‘llab-quvvatlashning yangi moliyaviy mexanizmlarini e’lon qildi. Ushbu hududlarda maktab tashkil etish uchun 7 yillik 10 foizli imtiyozli kredit, ochish va jihozlash xarajatining 15 foizigacha, ko‘pi bilan 1,5 milliard so‘m subsidiya beriladi. Binosini maktabga ijaraga berganlar yer va mulk solig‘idan imtiyoz oladi.

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
Post #16837 617
O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish kurslari bekor qilinadi

– Zamon o‘zgaryapti. Bolalarning qiziqishi, dunyoqarashi, axborot olish xususiyati ham o‘zgaryapti. Kecha samara bergan dars usuli bugun yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shu sabab muallimning muntazam o‘qishi va o‘z ustida ishlashi zarur, – dedi Prezidentimiz o‘qituvchilarning malakasi haqida.

Pedagoglar uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik kursda majburiy o‘qish talabi bekor qilinadi. Uning o‘rniga kasbiy rivojlanish vaucherlari joriy etiladi.

Muallim toifa sinovidagi natijasiga qarab, 18 soatdan 72 soatgacha ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi. Kursni va malaka oshirish joyini o‘zi tanlaydi.
  • 👏 2
Post #16836 446
“Ma’rifat” gazetasining 2026-yil 30-sentabr kungi sonida:

👉 Birinchi milliy dastur: bilim va malaka – asosiy kapital
👉 Prezident bilan suhbatdan so‘ng
👉 Irodaning surati
👉 Ilm va yurt xizmatiga bag‘ishlangan umr
👉 O‘tkir nazarli olim
👉 Ustoz tayyorlash – kelajak tayyorlash
👉 Komillik kamoli
👉 Ustozlar ibrati
👉 Ustozimning ilmiy maktabi
👉 Fidokor faxriy
👉 Vijdon qarzi nima?
👉 Maktabga hokim keldi…
👉 Adolat muallimi

Gazetadagi maqolalarni marifat.uz sayti, mobil ilova hamda ijtimoiy tarmoqdagi @marifatziyo sahifalarida ham o‘qishingiz mumkin.

✅ Telegram ✅ Instagram
✅ Facebook ✅ Mobil ilova
  • ❤ 1
Older posts →

About this channel

How can I read @marifatziyo without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal have?
“Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal (@marifatziyo) has 3.58K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does “Ma'rifat” gazetasi | Rasmiy kanal know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →