TGViewer
Channel Public Channel
Maqsadli Menejment

Maqsadli Menejment

@maqsadli_menejment

Kanal quyidagi maqsadlar ostida birlashadigan Tadbirkor, Rahbar, Menejer va yoshlar uchun:

✅ Menejmentni sodda tilda o’rganishni istaganlar;
✅ Yetakchilik(liderlik) ko’nikmalarni o’rganish yoki rivojlantirishni istaganlar.
Subscribers
102
Photos
28
Videos
3
Links
2
Recent Posts 20 shown
Post #68 440
Rahbar xonadagi eng aqlli va bilimdon inson bo’lishi shart emas!

“Zakovat” intellektual o’yinidagi guruh sardorlari bunga yaqqol misol.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 7
  • 👌 1
Post #66 664
Xodimlarga KPI qo’yish!

Aslida bu bizness egasi yoki rahbarlar uchun eng oson ish bo’lishi kerak.

Nega? Chunki biznesi qanday natijalarga erishishi kerakligini tadbirkor yoki rahbardan yaxshiroq biladigan yo’q.

Masalan, oddiy restoran biznesida menejerga qanday KPI qo’yish kerak?

Imkoniyat: 100ta mijoz uchun joy mavjud;

KPI: Mijoz oqimini o’rtacha 80tada ushlash.

Agar Menejer mijoz oqimini o’rtacha 100 yoki undan ham oshirib yuborsa, endi siz BONUS haqida o’ylashingiz mumkin.

Endi o’ylab ko’ring! Jamoangizga qanday vazifa yuklatilgan va shu vazifa necha foizga bajarilsa muvaffaqiyatli deb hisoblaysiz. Ana o’sha foiz jamoangizning to’g’ri KPI hisoblanadi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 5
  • ❤ 2
  • 🔥 1
Post #64 520
Qisqacha Coaching haqida.

Coaching sohasini chuqurroq o’rganishni boshlagan paytim qaysi yo’nalishni tanlasam ekan deb ko’p o’ylaganman. Har xil filtrlardan o’tgandan keyin, baribir ko’proq tajribam bo’lgan yo’nalish - Executive & Leadership Coaching (Asoschi & Rahbarlik Coaching) yo’nalishini tanlaganman.

2 yil oldin xalqaro maydonda hali bu yo’nalish ommalashmagan edi. U paytlar bir necha rahbarlar bilan coaching qilib malaka oshirib yurganimda, yo’l uzoq ko’ringan. Ya’ni hali asoschilar & rahbarlar bu yo’nalish orqali biznesni rivojlantirishga qiziqmasa kerak deb o’ylaganman.

Yuqoridagi statistika ICF - Xalqaro Coaching Federatsiyasi tomonidan 2023-yil o’tkazilgan so’rovnoma natijalari:

So’rovnomada qatnashgan korxonalarning:

- 78%i Rahbarlik coachingni;
- 45%i Performance coachingni;
- 42%i Asoschilar coachingni;
- 37%i Team coachingni tavsiya qilishgan.

Ingliz tilini bilsangiz xalqaro maydonda ko’p Coachlarni topishingiz va ularning xizmatlaridan foydalanib biznesingizni yaxshiroq tomonga o’stirishingiz mumkin.

Til bilmasangiz muammo emas. Yaqin 1 yildan beri yuqoridagi 4ta yo’nalishda O’zbekistondagi bizness egalari va top menejerlar bilan o’zbek tilida ham coaching konsultatsiyani olib boryapman.

Qiziq bo’lsa murojaat qilishingiz mumkin: 👉 @xurshid_sm

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #63 333
#Bizness_Luğat

Risk menejment – bu biznes yoki loyihaga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan potentsial muammolar yoki tahdidlarni aniqlash, baholash va kamaytirish jarayonidir.

Bu menejment noaniqliklarga tayyorgarlik ko’rishga, oqilona qarorlar qabul qilishga va salbiy ta’sirlarni kamaytirish uchun himoya choralarini ko’rishga yordam beradi. Shu tariqa, bizneslar o’z maqsadlarini himoya qilish uchun doim tayyor holatda bo’lishadi.

Boshqacharoq aytganda, Risk menejment - Maqsadli menejmentning asosiy ustunlaridan biri hisoblanadi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • ❤ 2
Post #62 394
Boshqaruv haqida ilm olmoqchisiz, lekin turli kurs yoki seminarlarga vaqtingiz yo’qmi! Unda shu bitta kitobni o’zini o’qing jamoanigizda sezilarli o’zgarishlar bo’ladi.

Bu kitobni nomi - 1 Daqiqa Menejer deb nomlanadi.

Boshqaruv haqida yozilgan eng sodda va amaliy qo’llanmalarga ega samarali kitob hisoblanadi. Kitobda bir daqiqa ichida qo'llanilishi mumkin bo'lgan uchta asosiy boshqaruv texnikasi haqida yozilgan.

✅ Bir Daqiqalik Maqsadlar
- Xodimlar bilan bir daqiqa ichida ko’rib chiqsa bo’ladigan aniq va qisqa maqsadlarni yozib chiqish.
- Har bir maqsad 250 so'zdan oshmasligi kerak va muhim, o'lchanadigan narsalarga qaratilishi lozim.
- Muhimi, menejer va xodim maqsadlarni tushunishi va ularga kelishib olishidir, shunda kutuvlar aniq bo'ladi.

✅Bir Daqiqalik Maqtovlar
-Xodimlar to‘g‘ri ishni bajarganda ularga darhol, aniq maqtovlar bering.
-Ularning muvaffaqiyatini darhol tan oling va ularning harakatlari umumiy maqsadlarga qanday hissa qo'shayotganini bildiring.
-Bu ijobiy xulqni mustahkamlaydi va yuqori unumdorlikni davom ettirishni rag'batlantiradi.

✅Bir Daqiqalik Tanbehlar
-Xodim xato qilganida darhol konstruktiv feedback bering.
-Nima noto'g'ri ketganini va bu jamoa yoki maqsadlarga qanday ta'sir qilganini tushuntiring, ammo ularning qobiliyatlariga bo'lgan ishonchingizni ham tasdiqlang.
-Bunday tez va bevosita yondashuv xodimlarga o'z xatolarini tuzatish va o'zlarini rivojlantirish imkonini beradi va kayfiyatni tushirmasdan ijobiy hal qilishga olib keladi.

Kitob xodimlar bilan qisqa, aniq muloqotlar orqali vaqtni samarali boshqarishni ta'kidlaydi. Suhbatlarni qisqa va aniq qilish orqali menejerlar o‘z jamoalarini rag‘batlantirishi va vaqtlarini strategik vazifalarga tejashi mumkin. Bu usul nafaqat unumdorlikni, balki ruhiy kayfiyatni ham yaxshilaydi va natijada tashkilot uchun yaxshiroq natijalarga olib keladi.
"The One Minute Manager" kitobidagi texnikalar oddiy, ammo kuchli bo‘lib, ularning oson amaliy qo’llanishi sabab turli sohalarda keng foydalanib kelinadi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 5
  • ❤ 2
Post #61 184

Forwarded from Xurshid Saidmuhammad | Notes

Dardimiz bir!

Jismonan kelishgan va sog’lom bo’lish holatiga - fitness deyiladi. Va jismonan sog’lom va kelishgan qomatga ega bo’lish hammamizni dardimiz.

Fitness bilan doimiy shug’ullana boshlaganimga yaqinda 2 oy bo’ladi. Shu vaqt ichida intizom, mas’uliyat va tanamga nisbatan bo’lgan g’amxo’rlik 2 barobar o’sdi desam yolg’on bo’lmaydi.

Sog’lom ovqatlanish, ovqatlanishdagi tartib va kerakli uyqu har kunlik fitness zalldagi mashqlarimning natijasini ko’rish uchun yordamchiga aylandi.

Sportning inson hayotidagi o’rni haqida 1 soatlik maqola yozishim mumkin, lekin 1 soat o’qigandan ko’ra bir marta ko’rganga nima yetsin.

Temurbek Adhamov “Itizom Podcast”da bu haqida va boshqa dolzarb mavzularda juda suhbat qilibdi. Alloh rozi bo’lsin.

Albatta vaqt ajratib ko’rishni tavsiya qolaman.

https://youtu.be/MqMzC1s9gMY?si=Hth495fAShZ-7Sk7
YouTube INSONDA DARD BO'LSAGINA MAQSAD PAYDO BO'LADI | #intizom #podcast Temurbek Adhamov bilan suhbat nima haqida bo'ldi?: 00:00 Treyler 00:45 Boshladik. Obuna bo'lib qo'ying! 02:30 Qisqa muddat ichida juda ko'p vazn yo'qotdim 04:50 Yaqinda o'lasan deyishgan 08:10 Hozirgacha 3 mahal ovqatlanaman 19:40 Inson tanasini o'rganishi…
  • 🔥 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #60 291
Ego

“Kuchli jamoani yaratish uchun boshqalarning kuchli tarafini mavqeingizga tahdid sifatida emas, balki kamchiliklaringizni to’ldiradigan kompliment sifatida ko’rishingiz kerak!”


©️ Christine Caine

Boshqaruvda ko’p rahbarlar qiynaladigan nuqtalardan biri shu. Ya’ni jamoadoshlar bir-biridagi kuchli tarafini “ko’ra olmaslik” oqibatida katta natijalarga erishish, bir-birini qo’llab-quvvatlash deyarli bo’lmaydi.

Bu muammoning so’ngi tajribadan o’tgan yechimlaridan biri - bu Team Coaching. Menejerlar jamoaviy coaching suhbatlar o’tkazish orqali o’zaro ishonch va xavfsiz muhitni yaratishga yordam beradi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
Post #59 243
Har qanday menejerning qo’lidan keladigan yagona usul!

Menejment sohasida 5 yildan beri jiddiy shug’ullanayotgan bo’lsam, shu vaqt oralig’ida mendan 10 barobar tajribaliroq ustozlarim doim bir maslahatni takrorlashgan.

Bu maslahat - ‘O’rnak bo’lish’. Ingliz tilida ‘Lead by Example’ deyishadi.

Nega?

Rahbar/menejer sifatida bizning har bir xatti-harakatimiz ish joyimizdagi muhit, ish madaniyati va qadriyatlarni belgilab beradi. Qachonki biz o’zimiz xohlagan kutuvlarni avval o’z xatti-harakatlarimizda ko’rsatib bermas ekanmiz, jamoadagi ruhiyat, kayfiyat va albatta yaxshi natijaga ham erisha olmaymiz.

Aytishga oson, qilinishi ham oson bo’lgan bu ko’nikma aslida ko’p menejerlarda yetishmaydi.

Lekin ishoning bu har birimizning qo’limizdan keladi!

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 8
  • ❤ 3
  • 🔥 2
Post #58 246
Yordaminglar kerak!

Boshqaruv bo’yicha yangi BEPUL video darslik tayyorlayapman.

Mavzular judayam ko’p, lekin eng aktual va barchada uchraydigan mavzuni tanlamoqchiman. Va albatta boshqaruv ichida yurgan sizdek mutaxassislarning yordami kerak.

Menejment qanday og’riqli muammolar bor?
  • ❤ 6
Post #57 272
#Bizness_Luğat

Damping - biznesdagi tarjimasi “pasaytirish, arzonlashtirish”.

Biznesda damping strategiyasi - deganda yangi bozorga yoki ma’lum bozorda talabdan kelib chiqib mahsulot/xizmat narxini pasaytirish orqali o'zgarishlarni sekinlashtirishga aytiladi.

Ya’ni, savdo yoki o'sishdagi keskin o'zgarishlarning oldini olishga qaratilgan strategiya bo'lib, yanada barqaror biznes jarayonlarini ta'minlaydi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 3
  • 🔥 2
  • 👏 1
Post #56 222
Quyidagi 3ta ko’nikma rahbar sifatida ta'siringizni oshirishga yordam beradi.

1. Faol tinglang: Haqiqiy tinglash siz boshqalarning fikrini qadrlashingizni ko'rsatadi. Bu ishonchni kuchaytiradi va ochiq muloqotni rag'batlantiradi. Odamlar sizni eshitganini his qilganda, ular sizning rahbarligingizni hurmat qilishlari va sizga ergashishlari kuchayib boraveradi.

2. O’rnak bo’ling: jamoangizda ko'rmoqchi bo'lgan qadriyatlar va ish axloqini birinchi navbatda o’zingiz ko’rsatib bering. Agar siz boshqalardan kutgan xulq-atvoringizni namuna qilsangiz, jamoa tabiiy ravishda ularga ergashishga harakat qiladi.

3. Konstruktiv fikr-mulohaza (feedback) bildiring: Doimiy ravishda qo'llab-quvvatlovchi foydali fikr-mulohazalarni taklif qiling. Bu boshqalarning o'sishiga yordam beradi va ularning rivojlanishiga chin dildan g'amxo'rlik qiladigan rahbar sifatida sizga bo’lgan ishonchni mustahkamlaydi.

Ushbu odatlar nafaqat ishonch va hurmatni kuchaytiradi, balki boshqalarga samarali ta'sir qilish qobiliyatingizni ham oshiradi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 🔥 4
  • 👍 2
  • 👏 1
Post #55 235
#Bizness_Luğat

Feedback (o’qilishi - fidbak) - tarjimasi fikr-mulohaza, tanqid.

Feedback - bu ma’lum bir xodimning ish ko’rsatkichlari yoki xatti-harakatini yanada yaxshilash uchun unga nisbatan jamoadoshlari tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza hisoblanadi.

Ko’p kompaniyalar xodimlarining professional rivojlanishida, ishdagi muhitni yaxshilashda va jamoaviy maqsadlar yo’lida osonlik bilan o’zgartirishlar kiritib, yanada jarayonni yaxshilashda foydalanadigan instrument hisoblanadi.

Eng mashxurlaridan biri - bu 360-Degree Feedback uslubidir.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 3
Post #54 214
Quyidagi iborani hech eshitganmisiz…

"Madaniyat strategiyani tushlikda yeydi."

Ma’nosi shunday: kompaniya muvaffaqqiyatiga strategiyadan ko’ra undagi madaniyat ko’proq ta’sir qiladi. Strategiya qanchalik yaxshi bo'lmasin, agar madaniyat yomon yoki toxic bo'lsa, u kompaniyaning maqsadlariga putur yetkazadi.

Qanchalik to’g’ri?

Bu iborani birinchi eshitganimda ishonmaganman. Chunki strategiya aniqlikka, statistikaga asoslanib tuziladi. Madaniyat esa mavhum, biroz ishonish qiyin deb o’ylaganman.

Lekin menejer bo’lib ish boshlaganimdan keyin, buni o’z boshimdan o’tkazganman. Qanchalik ko’p ishlamay, qanchalik yaxshi strategiya qilishga harakat qilmay nimagadir doim qayeridir o’xshamasdi.

Shunda tushunib yetganmanki, yaxshi strategik plan doim to’g’ri madaniyatni ham o’z ichiga qamrab olishi shart.

Siz ham bu fikrga qo’shilasizmi?

📌 @maqsadli_menejment
_________________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 🔥 3
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 👏 1
Post #53 278
#Bizness_Luğat

Corporate culture - bu kompaniya madaniyati degani.

Oddiy qilib aytganda, kompaniya xodimlari va rahbariyatining o'zaro munosabatlari va biznes yuritishini belgilaydigan umumiy qadriyatlar, e'tiqodlar, munosabatlar va xatti-harakatlar tushuniladi.

Bu kompaniyaning missiyasini, maqsadlarini, ish muhitini, axloq qoidalarini va ichki-tashqi munosabatlarni o'z ichiga oladi.

Korporativ madaniyat ish joyidagi atmosferani shakllantiradi va xodimlarning qoniqishi, ishlashi va kompaniya obro'siga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin.

U ma’lum vaqt mobaynida kompaniya rahbariyati va undagi odamlar ta'sirida rivojlanadi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • ❤ 2
  • 👍 1
Post #52 233
Majlislarni samarali rejalashtirish usullari.

Jamoaviy rejalarni amalga oshirishda menejerlar vaqti-vaqti bilan jamoaviy majlislar o'tkazib turishi muhimligi ko'pchiligimizga ma'lum. Ba'zan kichik guruhlarga bo'lingan xolatda, ba'zan
esa umumiy jamoa shaklida majlislar o'tkazishimizga to'g'ri keladi.

Qanchalik vaqti-vaqti bilan majlislar o'tkazishga harakat qilmaylik jamoa biz kutgan natijani bermaslikda davom etaveradi. Buning asosiy sabablaridan biri esa menejerlar majlislarning samaradorligi ustida bosh qotirmasligida bo'lib chiqadi.

Xo'sh, qanday usullardan foydalansak majlislarda yanada samaradorlik oshib, bu jamoaning natijalariga ijobiy ta'sir ko'rsata boshlaydi?

• Majlisdagi kun tartibini avvaldan jamoaga e'lon qilib qo'yish kerak. Bu majlis ishtirokchilari uchun ma'lum kerakli tayyorgarlik qilish imkonini beradi.

• Interaktiv shaklda o'tkazish. Menejer faqat bir taraflama taqdimot qilishi, o'zaro muhokama qilish imkonini yo'qotib qo'yadi.

• Eng muhimi, muhokama jarayonini mavzu doirasida ushlab turish. Xodimlarning ba'zan ''o'tlab ketishi'' holati kuzatiladi va bu boshqalarni ham tortib ketib qoladi.

Endi sizda ham 1 soatlik majlis maqsadsiz 3 soatlik majlisga aylanib ketmaydi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 🔥 3
  • ❤ 1
  • 👍 1
Post #51 193
#Bizness_Luğat

NPS (Net Promoter Score) – bu mijozlarning sadoqati va qoniqish darajasini o‘lchash uchun ishlatiladigan ko‘rsatkichdir.

U bitta savolga asoslanadi: "Mahsulotimiz yoki xizmatimizni do‘stingiz yoki hamkasbingizga tavsiya qilish ehtimolingiz qanday?"

Javob beruvchilar 0 dan 10 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baho berishadi, bunda 0 – "umuman tavsiya qilmaslik ehtimoli", 10 esa – "juda katta ehtimol"ni bildiradi.

Promoterlar (9-10 ball) – bu brendni tavsiya qilish ehtimoli yuqori bo‘lgan ishtiyoqmand mijozlar.

Passivlar (7-8 ball) – mamnun mijozlar, lekin ular brendga unchalik sodiq emas va raqobatchilar tomoniga o‘tib ketishi mumkin.

Detraktorlar(0-6 ball) – norozilik bildirgan mijozlar bo‘lib, ular salbiy fikrlar bilan brendning obro‘siga zarar yetkazishi mumkin.

NPS detraktorlar foizini promoterlar foizidan ayirish orqali hisoblanadi. Natija -100 dan 100 gacha bo‘lishi mumkin, bunda yuqori ball mijozlarning yuqori sadoqatini ko‘rsatadi.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 3
  • ❤ 2
Post #50 219
Yangi menejerlarga maslahatlar!

Eng hayajonli va qo'rqinchli lavozimga ko'tarilishlardan biri - siz birinchi marta boshqaruv roliga, liderlikka ko'tarilganingizda sodir bo'ladi.

Qayerdan boshlashni, nimalarni rivojlantirishni yoki qanday o'zgarishlar qilishni, qanday liderlik uslubidan foydalanishni bilmaysiz. Bu judayam tabiiy holat va buni shaxsiy tajribamdan kelib chiqib yuqori mas'uliyat deb ham ayta olaman.

Quyida siz kabi yangi rahbarlikka o'tgan yoki o'zini menejer bo'lishga tayyorlayapgan insonlar uchun shaxsiy tajribamdan bilishingiz kerak bo’lgan ko'nikmalarni ulashdim:

✅ Eng kamida 3-6 oy vaqtingizni jamoani yaqindan tanish uchun sarflang.

✅ Liderlik uslubingizni tanlang. Bu jamoaga siz uchun qanday qadriyatlar muhimligini ko'rsatib beradi.

✅ Prioritetlarni aniq belgilab oling va ularni jamoaga aniq yetkazib bering.

✅ Umumiy qadriyatlar va umumiy standardlarni aniqlang. Jamoadan qadriyati ayri menejer ishonchni yo'qotadi.

✅ Biroz cho'chish va kamchiliklarni ko’rsata bilish muhim. Ya'ni, rahbar ham boshqalar kabi inson va xatolarga to’la. Kamchilikni yashirishga urunish ruhiy bosimga ham olib keladi.

Shunday ekan, yangi lavozimlar muborak bo’lsin va bu yo’lda faqat omad tilayman.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 4
  • ❤ 2
Post #49 172
#Bizness_Luğat

Coach (o’qilishi “kouch”) - ma’lum shaxslar yoki jamoalar bilan aniq bir maqsadga erishish uchun hamkorlik qiluvchi, ularning shaxsiy va professional salohiyatlarini maksimal darajada oshirishga yordam beruvchi expert.

📌 @maqsadli_menejment
_____________________
Safimizni kengaytirish uchun kanalimizni ulashib qo’ying!
  • 👍 3
  • 🔥 1
  • 👏 1
Post #48 199
Kuchli murabbiysiz muvoffaqiyyatga erishgan jamoa bo’lmaganidek, biznessda ham kuchli menejersiz yuroqi natijalarga erishib bo’lmaydi!

📌 @maqsadli_menejment
  • 🔥 5
  • 👍 1
Older posts →

About this channel

How can I read @maqsadli_menejment without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Maqsadli Menejment: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Maqsadli Menejment have?
Maqsadli Menejment (@maqsadli_menejment) has 102 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Maqsadli Menejment know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →