TGViewer
Channel Public Channel
Maktab | Rasmiy kanal

Maktab | Rasmiy kanal

@maktab_daa

Kanalimizda: Farmonlar, Qarorlar, Buyruqlar, Nizomlar, Barcha fanlardan kundalik com uchun tayyor ish rejalar, Hisobotlar, Metodika, Ko‘rgazma, Bayonnoma
Xullas, barcha hujjatlardan na’munalar shu kanalda.
Subscribers
505
Photos
2
Videos
4
Links
18

Showing posts older than #8 · Back to latest

Older Posts 4 shown
Post #5 2.36K
⚡️METODBIRLASHMAGA A’ZO BO’LGAN HAR BIR PEDAGOGNING QUYIDAGI MAJBURIYATLARI BOR.

Xalq ta’limi vazirining 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug’i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan nizomning 18-bandida metodbirlashma a’zolarining majburiyatlari haqida quyidagicha yozilgan.

🔹har bir oʻqituvchi kamida bitta metodbirlashmaga a’zo boʻlishi

🔹metodbirlashmada oʻtkaziladigan yigʻilishlar va tadbirlarda qatnashishi

🔹kasbiy mahoratni oshirishga intilishi

🔹pedagogning huquqiy-meʼyoriy faoliyatini bilishi va unga amal qilishi

🔹pedagogik faoliyatda oʻzini-oʻzi tahlil qilib borishi lozim.


O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!
👇👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_daa
  • 👍 1
Post #4 2.48K
⚡️YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_daa
  • 👍 4
Post #1
Channel created
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →