TGViewer
Maktab | Rasmiy kanal Maktab | Rasmiy kanal @maktab_daa · 505 subscribers
Post #4 2.48K
⚡️YANGI BAHOLASH MEZONIGA KO‘RA METODBIRLASHMA RAHBARIGA 10% USTAMA QUYIDAGI QILINGAN ISHLARI UCHUN BERILADI.

Vazirlar Mahkamasining 823-sonli qarori bo‘yicha umumtaʼlim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha metodbirlashma rahbarlariga 10% ustama berish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Xo‘sh, bu ustamalar qaysi mezon asosida belgilanadi? Ushbu mezon Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-avgustdagi 02-02/1-1347-sonli xatida belgilab berilgan.

Unga ko‘ra metodbirlashma rahbarlari quyidagi ishlarni bajarishlari kerak bo‘ladi.

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolari uchun kamida 3 va undan ortiq metodik tadbir (o‘quv-seminar, mahorat darslari, fanga doir qo‘shimcha maʼlumotlar, yangiliklar muhokamasi yuzasidan davra suhbati va hokazo) tashkil etilgan bo‘lishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma aʼzolariga taʼlim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun chorakda 1 ta pedagogik texnologiya yoki o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishdagi bo‘shliqlarini to‘ldirish usullari tavsiya etilgan boʼlishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumta’lim muassasasida boshqa fan metodbirlashmalari bilan fanlararo integratsiyani kuchaytirish va STEAM yondashuvni samarali tashkil etish masalasi chorakda bir marta muhokama qilinishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan umumtaʼlim muassasasida metodbirlashmaga a’zo bo’lgan o‘qituvchilarning barchasi “Ochiq dars”lar tashkil etishini nazorat qilishi;

Metodbirlashma rahbari tomonidan metodbirlashma yig‘ilishini chorakda bir marta o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Qilingan ishlar yuzasidan metodbirlashma rahbari maktabda tuzilgan ishchi guruhga bir varoqdan oshmagan holda qisqa ma’lumot va ikki dona fotolavha taqdim etishi kerak bo‘ladi. Ishchi guruh qilingan ishlarni 100 ballik tizimda ballaydi va eng kamida 61 ball to‘plangan taqdirda 10% ustama belgilaydi.

ESLATMA: sinf rahbarlari metodbirlashmasi rahbariga 10% li ustama to‘lanmaydi. Chunki, ustama faqatgina fan yo‘nalishidagi metodbirlashma rahbariga to‘lanadi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_daa
  • 👍 4
More from @maktab_daa
  1. Dec 31, 2023#Tabriknoma Aziz va muhtaram ustozlar, Qadrli hamkasblar! Sizlarni yaqinlashib kelayotgan…
  2. Dec 30, 2023❓Siz qaysi tabaqadagi o‘quv reja asosida malaka oshirasiz? ✅Xabaringiz bor, A.Avloniy nomi…
  3. Dec 2, 2023⚡️DIAGINOSTIKA TESTIGA RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN VIDEO YO‘RIQNOMA. O‘qituvchilar uchun barch…
  4. Dec 1, 2023Maktab o‘qituvchilarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish tartibi Makta…
  5. Dec 1, 2023Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari Maktabgacha va maktab ta…
  6. Dec 1, 2023Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o'tkazish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →