TGViewer
Maktab | Rasmiy kanal Maktab | Rasmiy kanal @maktab_daa · 505 subscribers
Post #29 10.2K
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
  • 👍 50
  • ❤ 12
  • 👏 3
  • ⚡ 2
  • 🥰 1
More from @maktab_daa
  1. Dec 30, 2023❓Siz qaysi tabaqadagi o‘quv reja asosida malaka oshirasiz? ✅Xabaringiz bor, A.Avloniy nomi…
  2. Dec 2, 2023⚡️DIAGINOSTIKA TESTIGA RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN VIDEO YO‘RIQNOMA. O‘qituvchilar uchun barch…
  3. Dec 1, 2023Maktab o‘qituvchilarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish tartibi Makta…
  4. Dec 1, 2023Maktab o‘qituvchilarini diagnostika testidan o‘tkazish muddatlari Maktabgacha va maktab ta…
  5. Dec 1, 2023Maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o'tkazish…
  6. Nov 28, 2023⚡️BARCHA PEDAGOGLARNING BILIMLARINI ONLINE DIAGINOSTIKADAN O‘TKAZISH BO‘YICHA MMT VAZIRLIG…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →