#book_review
Anchaaaadan beri romance o’qimagan edim. Tan olib aytishim kerakki romance’lar yoqadi. Sababsiz. Shunchaki yoqadi. Og’ir o’tayotgan akademik yil, arxivlardagi tinimsiz mehnatlar natijasi o’laroq miyam charchaganini his qildim. Va. Anchadan beri yengil adabiyot o’qimaganimni sezdim. Societyga kirsam qizlar shu kitobni o’qiyapti. Men ham Kindlega yukladimu, o’qishga tutindim.
Sevgan insonim bilan uzoq kutilgan sayohat. Men sevgan Istanbul va romance. Bir-biriga mos kelganini aytmaysizmi? Xullas.
Stenford. Adam va Olivia. Biri aspirant va biri unvonli. Bari Olivianing aspiranturaga Stenfordga suhbatga kelishi va hojatxonada Adamni uchratganidan boshlanadi. Oradan yillar o’tganidan keyin qalbaki sevgi munosabatlari, sevgi uchqunlarining paydo bo’lishi, qorinda kapalaklar o’ynashi. Bari romancega xos shundaymi? Farqi akademik hayot. Dokladlar, laboratoriyalar haqida o’qiymiz.
Asosiy mavzular do’stlik. Olivianing yaqin do’stlari. Va xuddi shunday Adamning ham do’stlari. Tasodifni qarangki Oliviada ham 2 ta do’st, Adamda ham ikki do’st. Bu munosabtlar oxiri qanday tugashini taxmin qildingizmi? To’g’ri taxmin.
@mahinworld