TGViewer
Channel Public Channel
Mabrur | Dasturlash va AI

Mabrur | Dasturlash va AI

@mabrur_dev

💻 Dasturlashga va muallifning hayotiga oid shaxsiy blog

Ijtimoiy tarmoqlarim:
https://taplink.cc/mabrur

@tweetlarim
Subscribers
4.96K
Photos
859
Videos
108
Links
560

Showing posts older than #1370 · Back to latest

Older Posts 17 shown
Post #1369 3.47K
Rasman, Siriga gpt-4o qo’shilyapti. Uni akkauntsiz tekinga ishlatish mumkin bo’ladi.

Aytilishicha, bu yangilik iOS 18, iPadOS 18 va macOS Sequoia chiqariladi.

O’zi shu narsa bo’lishini tahmin qilgan edim.

@mabrur_dev
  • 👍 21
Post #1367 4.03K
Mabrur | Dasturlash va AI #help Assalomu alaykum, Iphoneimda o'zidan o'zi "mobile internet" ishlamay qoldi (sms va call qilishlar ishlayapti). Telefon modeli 14 pro, faqat e-sim support qiladi. Olganimga 1 yildan oshdi, muammosiz ishlatib yurgandim, 1 hafta oldin shunaqa muammo paydo…
Bugun telefonimda o’zidan-o’zi tizim yangilanib ketti va umid bilan tekshirib ko’rgandim ishlab ketti. Da’vosi 2 oylik sabr ekan😂
  • 😁 24
  • 👍 3
Post #1366 18.5K
MIT tomonidan chiqarilgan "teppa-tekin" eng top kurslar ro'yxati.

• Pythonda Computer science
• Machine Learning
• Amaliy Matematika
• Machine vision
• Augmented Reality
• Psixologiya
• 20-asr Fizikasi: Eynshteyndan Oppenheimergacha
• Algoritmlar
• Cryptocurrency
• Ma'lumotlar tahlili
• Termodinamika
• Kvant fizikasi
• Mathematics of Big Data va Machine Learning
• Computitonal Biology
• Inson miyasi
• Game Design


Tanishlarga ulashib, mavzularni bir boshidan o'rganishli joyi.

@mabrur_dev | Manba
  • 👍 23
  • 🔥 12
  • 👨‍💻 3
  • 👎 1
Post #1363 4.16K
Birinchi yozgan “hello world”ingiz esingizdami?
Endi, hozir yozgan kodingizni ko’ring. Qarang qancha yo’l bo’sib qo’ydingiz.
  • 👍 48
  • 🔥 17
  • ❤ 2
Post #1360 4.1K
Bu yerda web saytingiz uchun antiqa va kayfiyatni ko'taradigan animatsiyalar, layoutlar to'plami bor. Ishlatgingiz kelmasayam, hech bo'lmasa kirib tomosha qilib chiqib ketishga arziydi.

Menimcha bu skillar rezyumeniyam yaxshigina qilib bezab bera oladi.

Eng muhimi kodlar open source va darsliklariyam bor.

https://tympanus.net/

@mabrur_dev
  • 🔥 6
  • 👍 5
Post #1358 3.48K

Forwarded from Tweetlarim 😼

Hozirgi ishlayotgan loyihamni DB designini shunaqa yomon qilganman, tablelarni ichiga kirsez adashib qolasiz. Referencelarni vizual holati shunaqa ko'rinishda.

Muhimi shu loyihadan juda katta tajriba olib, qilgan xatolarimni tushunib yetganman va xulosa chiqarib keyinchalik to'g'irlab yozishni boshlaganman.

Qissadan hissa, yangi sinovlardan qochmang, xato qilishdan qo'rqmang, ulardan xulosa chiqarib ustingizda ishlang. Dasturlashda har bir qilingan xato sizni yanayam kuchliroq qilishini unutmang😎

@tweetlarim
  • 👍 43
  • 🔥 3
  • 👨‍💻 2
Post #1354 3.52K
GPT-5 bo'yicha kichik tizerlar paydo bo'lishni boshladi. Sam Altmanni aytishicha, model deyarli tayyor holatga kelgan.

Solishtirish uchun, GPT-3 akula, GPT-4 kosatka bo'lsa, GPT-5 modeli kit hajmida bo'lishi va'da berilyapti. Yangiliklarni kutamiz, oz qoldi.
  • 🔥 48
  • 👨‍💻 2
Post #1353 3.09K

Forwarded from ustozation

https://youtu.be/G5t_L4EudcU

Bu video ustida juda ko’p ishladim. Juda ko’p mulohaza qildim va izlandim. Foyda topasilar degan umiddaman.

Birinchi bo’lib telegramda ulashvomman. In Shaa Alloh ertaga Instagramga qo’yaman.

TO’LIQ ko’rganingizdan keyin fikringizni kutaman In Shaa Alloh.

BaarakAllohu fiikum. Assalaamu alaykum!
YouTube PROPAGANDA Assalaamu alaykum. Video manfaatli bo'ldi degan umiddaman. Telegram: https://t.me/ustozation_official Instagram: https://www.instagram.com/reel/C3pqxrBLnwO/?igsh=Z29lZ3J3bG91dWdl Video ma’lumotlar va materiallar bazi rus va ingliz YouTuberlar tarafdan…
  • 👍 11
  • 🔥 4
  • ❤ 2
Post #1352 2.68K
AWS servislari asosan nimalarga xizmat ko’rsatishi mumkinligini umumlashtirilgani bir rasmda
  • 🔥 22
  • 👍 7
  • 👨‍💻 2
Post #1351 3.06K
Bir necha oy Arc Browser ishlatib ko'rdim va afsuslandim.

Chromedan to'liq voz kechib Arc Browserni o'rnatdim va ishlatishni boshladim. Bu browserni o'ziga tortgan narsasi - folderlarni o'zingiz xohlaganingizdek tartiblasangiz bo'ladi. Ish, o'qish va shaxsiy qidiruvlar uchun alohida spacelar ochib shortcuts yaratib olsangiz bo'ladi, bu orqali siz ochib ishlayotgan tablar ancha tartibli va tushunarli holatga keladi.

Lekin eng katta minusi tezlik va performans bo'ldi. Chromium ustiga qurilgan browser hali stabil emas, deyarli har kuni yangi updatelar keladi va bu biroz yoqimsiz. Youtubeda video ko'rmoqchi bo'lsam scroll qilish, videoni o'tkazish paytlari browser qotishni boshlaydi, ba'zida tabdan-tabga o'tish tekis kechmaydi. Ram va battareyani odatdagidan ko'proq yeydi.

Qisqacha qilib aytadigan bo'lsam, produktivlik va tartibni sevadigan bo'lsangiz maslahat beraman. Lekin, menga o'xshab tezlik va performansni ustun qo'yadigan insonlarga ishlatishni maslahat bermagan bo'lardim. Endi yana Chromega yoki Safariga migratsiya qilib chiqishim kerak🥲
  • 🔥 25
  • 👍 9
Post #1350 2.89K
Asosiy kanalimda anchadan beri foydali narsa ulashmay qo'ydim.

Yangi haftada @donishmand_dasturchi, @bahodirajabov, @yunus_code va men Youtube kanalda - To'g'ri rezyume tayyorlash, ishga topshirish, recruiter bilan suhbatda nimalarga ahamiyat berish, texnik suhbat turlari, qanday savollarga tayyor turish va shunga o'xshash mavzular bo'yicha erkin suhbat qilsak nima deysizlar?

Oxirgi oylarda to'rtalamiznikini qo'shsak nechidir mingta joyga topshirib tashladik shekili, shu sabab juda ko'p yangi tajriba va bilimlar yig'ilib qolgan )

Qo'shimcha fikr va takliflarni izohlarda kutamiz.
  • 👍 47
  • 🔥 13
  • 👏 3
Post #1349 2.63K

Forwarded from Aleph Nought

Bugun bir odamdan habar keldi:

"Ko'p dasturchi insonlar aynan Web development dan uyog'iga o'tishmasligi(u xoh O'zbekistondagi katta kompaniya bo'lsin) meni hayron qoldiradi."

"Uyog'iga o'tish" jumlasi - habar muallifining Web ni boshlang'ich level deb tushunishlarini isbot qiladi. Huddi Web dan keyin albatta nimagadir o'tmasangiz - siz hechkim emassiz.

Bir narsani aniqlashtirib olaylik.

World Wide Web (www) ga aloqador hamma ishni qiladiganlar avvallari "Veb dasturchi" deyilgan. Server bilan ishlashda PHP dominantlik qilgan. Shuning uchunmi bilmadim, hozir ham veb dasturchi deganda PHP chilarni tushunishadi. Ammo bu notog'ri.

Web - Bu fokusini Browser ga qaratgan har qanday built-in va embedded interfeysdir. Masalan, avval Bluetooth texnologiyasi kashf etiladi. So'ngra Browser'larda ishlashi uchun interfeys qilinadi. Shu kabi boshqa texnologiyalar ham bir joyga to'planadi va o'sha iterfeyslar to'plami - WebAPI deyiladi. Masalan, WebSocket - bu siz bilan socket programming ni Web da qo'llanilishi. Shu va shunga o'xshash boshqa ko'plab texnologiyalar, allaqachon Web da mavjud.

WebAPI ga aloqador embedded texnologiyalarni Browser'larsiz ham ishlatish mumkin. Shaxsan o'zim WebGPU ni Browser dan tashqarida - GPU Computing uchun ham ishlataman.

Shunday ekan Web ham - Desktop/Mobile/VR/Console lar qatorida turadigan raqobatdosh alohida soha. Mensilmaydigan, kamsitiladigan, boshida o'rganib, keyin boshqasiga o'tiladigan emas.

Har qanday soha vakili bilan muloqot qilar ekansiz, ehtiyotkor bo'ling. Hali chuqurroq kirib ko'rmagan narsangizni yaxshi bilmasligingiz - o'sha soha yoki texnologiya tufta degani emas. Haddingizni biling! Sochingizga ehtiyot bo'ling! (Soch masalasini keyin tushunasiz).

Hozir sohalar Frontend, Backend, DevOps vahokazolarga bo'linib ketgan. Har birining ohiriga yetishni baribir iloji yo'q. "Frontendni mukammaliga yetdim, endi Professional Backendchi bo'laman" deya olmaysiz.

Undan ko'ra o'z sohangizda samuray bo'ling! Masalan men hayolimga nima ish qilish kelsa - o'shani Web'da qilish haqida o'ylayman. Chunki fokusimni Browser'larga qaratgamman va asosiysi ishimmi yaxshi ko'raman. Browser'da hamma narsa qila olishni hohlayman. Bu narsa Desktop da yoki Mobile'da qilinadi deb o'tirymayman. Bazi texnologiyalar hos ishlar uchun ishlatiladi. Bular bundan mustasno.

Maqolani Ibrohim Kadirovning ajoyib fikri bilan yakunlayman:

Samuray (さむらい) sartarosh emas, ammo u qilichdan shunday ustalik bilan foydalana oladiki - qilichi bilan sochingizni ham kesib qo'ya oladi.
  • 🔥 25
  • 👍 7
  • 👎 2
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →