Bu narsa qanchalik etikaga va qonunga to'g'ri keladi?
https://www.gazeta.uz/ru/2026/09/17/si-davomat/
Menimcha, shaxsga doir ma'lumotlar haqidagi qonunda ham yozib qo'yilgan - voyaga yetmagan shaxslarning ma'lumotlariga ishlov berish uchun ota-onadan rozilik olish kerak. Har bittasidan.
Undan tashqari, voyaga yetmaganlarning yuzini sun'iy intellekt orqali yig'ish, qayta ishlash va saqlash va eng muhimi ularning tibbiy ma'lumotlari bazasiga ulab qo'yish katta riskli ish emasmi? Xavfli emasmi? Sizib chiqib ketsa shu bolalarning hayotiga xatar emasmi? Tibbiy ma'lumotlarning daxlsizligi kabi narsa ham bor. Uni davomatga ulash menimcha noto'g'ri. Inson va doktor orasidagi ma'lumotlariga uchinchi shaxslarning egalik qilishi ham etikaga ham qonunga ham to'g'ri kelmasligi kerak. Ayniqsa yoshlarning.
Raqamlashtirish yaxshi, lekin bunisi menimcha ortiqcha. Texnologiyani maktablarni zamonaviylashtirishga, darsxona sharoitlarini yaxshilashga ishlatish maqsadga muvofiq.
Podkastimizning oxirgi epizodida gaplashgan mavzuga tayyor yangi misol-keys ekan.
@uzbekonomics
Post #1854
2.67K
Forwarded from Uzbekonomics
- 👍 5
- ❤ 2