TGViewer
Mabrur | Dasturlash va AI Mabrur | Dasturlash va AI @mabrur_dev · 4.96K subscribers
Post #1211 9.13K
⚡️ Internet tarmog‘ida O‘zbekistondagi 1000 dan ortiq axborot tizimlariga kirish imkonini beruvchi 185 milliondan ortiq login parollar (16 GB hajmdagi matnli fayl) tarqaldi.

Bu maʼlumotlar Respublikadagi axborot tizimlaridan foydalanuvchi shaxslarning qayd maʼlumotlari (login/parol) hisoblanadi. Ko‘pgina maʼlumotlar eskirgan bo‘lsada, axborot tizimlarini boshqaruviga (administrator huquqi) daxldor aktual (ishchi) login/parollar ham borligini ko‘rsatmoqda.

❌ Xavfsizlik nuqtai nazaridan maʼlumotlar tarqatilgan kanal va qayd yozuvlarini kanalimizda joylashtira olmaymiz.

Qayd yozuvlari tahlil qilinganida, Respublikadagi deyarli barcha axborot tizimlaridagi qayd maʼlumotlari mavjud.

Bu qayd yozuvlaridan quyidagi xulosaga kelish mumkin:
☑️ Davlat va xususiy sektorda axborot kiberxavfsizligiga nisbatan yondashuv o‘ta befarqlik kuzatilmoqda.

☑️ Bu maʼlumotlar kompyuteringizdagi barcha maxfiy maʼlumotlar , yaʼni login va parollarni o‘g‘irlovchi stiller viruslari orqali qo‘lga kiritilgan, bunga bir qancha sabablar bor, birgina Antivirus yoki litsenziyali OT sizni bunday hujumlardan komplekt himoyalay olmaydi.

☑️ Asosiy sabab qilib foydalanuvchilarning xavfsizlik talablari va internetda axborot xavfsizligi immunitetining shakllanmaganini ko‘rish mumkin.

☑️ Texnik sabablarga esa : Antivirusning umuman yo‘qligi, yangilanmaganligi, turli fayllarni tekshirmasdan ochish, crack va litsenziyasiz dasturlar ishlatishni keltirish mumkin.

Manba
  • 👍 23
  • ❤ 2
  • 👏 2
More from @mabrur_dev
  1. Oct 13, 2026Gemini Argon ishlatib ko’rganlar bormi? Qanaqa endi feelinglar, nimani qoyillatyapti? Ishn…
  2. Oct 9, 2026Elevenlabs V4 - Professional Voice Cloning
  3. Oct 5, 2026Claude bilan o'tirib ishim uchun kerakli xitoycha modellar bo'yicha research qilgandim, sh…
  4. Oct 4, 2026Nomi g'alati eshitilishi mumkin, lekin jev ustiga yaxshi tool yasashibdi. Ayniqsa minglab…
  5. Oct 4, 2026Efirda tanaffus ) Ko'chadagi havoga shu ketadiyu, nima deysilar 😅
  6. Oct 3, 2026Do'stlarimiz yangi platformaga asos solishibdi. Platformada siz SAT imtihonlariga tayyorla…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →