TGViewer
Channel Public Channel
O'zbekiston 24 | Live

O'zbekiston 24 | Live

@live_uzbekistan24

O'zbekiston 24 telekanalining rasmiy sahifasi

• Tezkor yangiliklar va jonli efir
• Rasmiy axborot va siyosat
• O’zbekiston va jahon voqealari

Instagram: www.instagram.com/uzbekistan24_tvnews
YouTube: www.youtube.com/@uzbekistan24tv
Subscribers
4.58K
Photos
1.5K
Videos
1.3K
Links
2.6K
Recent Posts 20 shown
Post #3051 130
⚡ Prezident energetikadagi asosiy kamchilikni ko‘rsatdi!

Shavkat Mirziyoyev elektr stansiyalari, tarmoqlar va energiya saqlash tizimlari uyg‘un ishlashi zarurligini ta’kidladi.

Davlat rahbari elektr energiyasini iste’molchiga yetkazib berish tizimi yetarli bo‘lmasa, milliardlab dollarlik yangi stansiyalar ham kutilgan natijani bermasligini qayd etdi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3050 162
📌 “Namangan agro logistics” sotuvga chiqarildi!

📍 Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan korxonaning 99,9 foiz davlat ulushi ochiq elektron auksion savdolariga qo‘yildi.

💼 Korxonaning boshlang‘ich narxi va savdo shartlari bilan tanishing!

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3049 152
🔴 “Prezident komandasi sizlarga ko‘makchi bo‘ladi!”

🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev 2030-yilgacha “yashil” energiya ulushini 54 foizga yetkazish rejalashtirilganini ta’kidladi.

🤝 Bu maqsadga erishishda investorlar qo‘llab-quvvatlanadi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3048 154
🔴 Prezident: “Endi xato qilishga haqqimiz yo‘q!”

🇺🇿 Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investorlar bilan muloqotda barcha muammolarni o‘z vaqtida hal qilish zarurligini ta’kidladi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3047 147
Sergelida sun’iy ko‘l qurilmoqda

Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi Qumariq mahallasida sun’iy ko‘l va dam olish maskani barpo etilmoqda.

5 gektar hududni egallaydigan loyiha doirasida 17 ming kvadrat metrli sun’iy ko‘l, bolalar maydonchalari, ayvonlar va barbekyu zonalari tashkil etiladi. Hududga quyosh panellari ham o‘rnatiladi.

Hozirda qurilish ishlarining 30 foizdan ortig‘i bajarilgan. Maskanni 2026-yil oxirigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3046 171
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Tadbir doirasida xorijiy kompaniyalar rahbarlari bilan qator uchrashuvlar ham rejalashtirilgan.

O'zbekiston 24 | Live
Post #3044 181
❗️Samarqand noni endi huquqiy himoyada: nima o‘zgardi?

🥖 Samarqandning mashhur noni yana bir muhim huquqiy maqomga ega bo‘ldi. “Samarqand noni” tovar belgisi sifatida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

📌 Eslatib o‘tamiz, 2025-yil fevral oyida “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olingan edi.

Bu qadam milliy gastronomik merosimizni asrash, Samarqand nonining o‘ziga xosligini e’tirof etish va uning bozordagi nufuzini oshirishga xizmat qiladi.


📄 Ma’lumot uchun, tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3043 175
"O‘zbekiston ehtiromi" ordenini ta’sis etish taklif qilindi

O‘zbekistonda xorijiy fuqarolar uchun "O‘zbekiston ehtiromi" ordenini ta’sis etish rejalashtirilmoqda. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborildi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3041 208
🔴 “O‘ZAVTOSANOAT-LEASING” SOTUVGA QO‘YILDI

💰 “O‘zavtosanoat-Leasing” MCHJdagi 100 foiz davlat ulushi ochiq elektron auksionga chiqarildi.

📌 Davlat aktivlari agentligi tomonidan savdoga qo‘yilgan ulushning boshlang‘ich narxi 114,9 milliard so‘m etib belgilandi.

📊 Korxona kimga nasib qiladi? Savdo natijalari diqqat markazida!

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3038 234
❗️Yangihayot hokimi Chilonzorga o’tdi!

Hayot Inogamov, 2020-yildan buyon Yangihayot tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan rahbar, endi Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

🎓 U 1986-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent avtomobil yo‘llari institutida bakalavriat va magistraturani tamomlagan. Faoliyati davomida transport, yo‘l infratuzilmasi va davlat boshqaruvi tizimida mas’ul lavozimlarda ishlagan.

👉 O'zbekiston 24 | Live
  • ⚡ 1
Post #3037 197
📌Sergelidagi mas’ul lavozimdan Yakkasaroy hokimligiga

📢 Akmal Jumaboyev Yakkasaroy tumani hokimi etib tayinlandi.

📍 1987-yilda Parkent tumanida tug‘ilgan Akmal Jumaboyev Toshkent avtomobil yo‘llari institutida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olgan. Mehnat faoliyati davomida yoshlar tashkilotlari va davlat boshqaruvi tizimidagi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

▫️ 2021-yildan buyon Sergeli tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

👉 O'zbekiston 24 | Live
  • 🔥 1
Post #3036 184
🔴TAYINLOV! Akramjon Fozilovning lavozimi o‘zgardi!

📌 Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

▫️ Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3035 193
🔴 Tayinlov: Aziza Qurbonova yangi lavozimda!

📌 Aziza Abdusabitovna Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

▫️ Tayinlov Prezident Administratsiyasi Rahbarining farmoyishiga muvofiq amalga oshirildi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3034 177
🔴Tayinlov: Xushnud Xudayberdiyev yangi lavozimda!

📌 Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

▫️ Tayinlov Prezident Administratsiyasi Rahbarining farmoyishiga muvofiq amalga oshirildi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3033 211
O‘zbekistonda 55 yildan beri ko‘rinmagan ko‘rshapalak topildi

«Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘ida turkman uzunquloq ko‘rshapalagi ilk bor qayd etildi. 1970-yildan buyon tabiatda deyarli uchramagan ushbu o‘ta noyob tur ilgari faqat arxiv va muzey eksponatlari orqali ma’lum edi.

👉 O'zbekiston 24 | Live
Post #3031 233
🏆 MTRK kubogi sport musobaqalariga start berildi!

MTRK tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida sport, sog‘lom raqobat va jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida “MTRK kubogi” musobaqalari boshlanmoqda.

Musobaqalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

⚽️ Futbol
🏐 Voleybol
♟ Shaxmat
🔶 Shashka
🏓 Stol tennisi
🏸 Badminton

📅 O‘tkazilish muddati: 2026-yil oktabr
👥 Ishtirokchilar: MTRK tizimidagi barcha xodimlar
📌 Arizalar: kadrlar bo‘limiga taqdim etiladi yoki maxsus telegram bot (@SportMTRK_bot) orqali


Aziz hamkasblar, barchangizni ushbu sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Bu bellashuvlar nafaqat g‘alaba uchun kurash, balki jamoaviy ruh, hamjihatlik va yuksak kayfiyat maydoni hamdir.

G‘alaba — faqat maydonda emas, balki ahil jamoadadir!

👉 O'zbekiston 24 | Live
Older posts →

About this channel

How can I read @live_uzbekistan24 without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for O'zbekiston 24 | Live: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does O'zbekiston 24 | Live have?
O'zbekiston 24 | Live (@live_uzbekistan24) has 4.58K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does O'zbekiston 24 | Live know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →