TGViewer
LIME BOOK LIME BOOK @limebook · 942 subscribers
Post #138 1.31K

Forwarded from The Stranger

​​Fyodor Dostoyevskiyning oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan kitobi – "Yer ostidan maktublar"ini oʻqiyapman. Doimgiday hissiyotlarga boy, mulohazaga chorlovchi joylari koʻp. Quyida asardan ozginasini tarjima qildim:


– Agar qizim boʻlsa, uni oʻgʻillarimdan koʻproq sevsam kerak.
– Nega?
– Bilmasam, oʻzim shunchaki, Liza. Bitta odamni tanirdim. Turqidan ot hurkadigan qoʻrs odam edi. Biroq qizining oldida mutlaqo boshqa odamga aylanar, uni erkalab-erkalab sira toʻymasdi. Qizi balda raqs tushganida besh soat bir yerda qimirlamay, hatto koʻzini pirpiratmay, ixlos bilan tomosha qilardi. Shunchalik yaxshi koʻrardi qizini. Qizi charchab uxlab qolar, bedor ota esa unga termulib oʻtirardi. Oʻzi kir-chir kiyinar, birovga bir tomchi tomizmas, qizidan esa soʻngi chaqasini ham ayamas, qimmatbaho sovgʻalar olar, sovgʻasi qiziga yoqsa baxtdan yettinchi osmonga uchardi. Otalar qizlarini doim onalardan koʻra koʻproq yaxshi koʻrishadi. Ba'zi qizlar ota uyda qirolichaday yashashadi. Menimcha, qizim boʻlsa uni erga bermasdim.
– Qanaqasiga?
– Qizgʻanaman-da axir, oʻlay agar. Begona erkakni qanday oʻpadi, qanday qilib uni oʻz otasidan koʻproq sevadi? Buni oʻylashning oʻziyoq dahshat. Bilaman, valdirayapman, biloxir hamma koʻnikadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, uni erga berguncha oʻzimni xarob qilaman, nomzodlarni birma-bir chiqitga chiqaraman. Oxirida oʻzi sevgan odamga beraman. Ammo qiz sevgan yigit doim otaning nazdida talabgorlarning eng nomaqbuli boʻlib koʻrinadi. Ha, har doim shunaqa boʻladi. Koʻp oilada shuning ustida kelishmovchilik chiqadi.
– Qizlarini hurmat-izzatda uzatish nari tursin, sotishga ham rozi oilalar qancha.
– Sevgi nimaligini bilmaydigan badbaxt oilalarda shunaqa boʻladi. Sevgi yoʻq joyda aql ham boʻlmaydi.

@salimov_blogi
  • 🔥 5
  • ❤ 1
More from @limebook
  1. Oct 14, 2026Hammasi jollimi Reaksiya qoldiring😁
  2. Jan 20, 2026Va so’nggida qadaringizga taslim bo’lib ikki kaftizngizga qarab rahmat deysiz
  3. Sep 13, 2025Qo’pol qilib aytganda burnimiz oqib yurganiniyam ko’rgan odamlarga o’zimizdan kimdir nimad…
  4. Sep 5, 2025Sizdan olingan narsalar o’rni ming marotaba to’ladi va siz shukur qilasiz va tunlariyu kun…
  5. Sep 5, 2025Ikkinchi va uchinchi imkoniyatlarizam bor buni esdan chiqarmang
  6. Sep 5, 2025U bor bo’lsa ham yo’q bo’lsa ham o’lib qolmayapsiz siqilib o’tirmang
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →