TGViewer
LIME BOOK LIME BOOK @limebook · 942 subscribers
Post #121 2.03K

Forwarded from The Stranger

Ayni paytda hayotga butkul boshqa nazar bilan qarardim. Hali qilinishi kerak boʻlgan ishlarim borligini oʻyladim. Men beqiymat hisoblagan haqiqatlarimga ajal kelishidan avval qiymat berishim, hayotimni ma'noli shaklda qaytadan qurishim mumkin edi. Nima boʻlgan taqdirda ham bu hayot juda goʻzal, axir. Bir narsaga iqror boʻldim: bu ma'noli va garmonik hayotda faqat maʼnosiz hayot kechirganlar ortiqchadir. Hayotga, umri va qiymatli narsalarga ega boʻlgan inson bu hayotga ortiqcha emas, u hayotning oʻzidir. Shuni angladimki, hayotda hamisha menga yordam beradigan bir quvvat bor. Men uni koʻrmagan, eʼtibor bermagan boʻlsam-da, butun borligʻim bilan his qilardim. Hayotim hayotga boʻlgan ishonchimni yoʻqotgandan keyin tugaganini angladim. Hozir men oʻlikman... Tirik tanada yashayotgan oʻlik ruh. Ruhim oʻlgani uchun vujudim ham yashashni istamasdi. Ruh oʻlganidan keyin tana ham koʻp yasholmaydi.

"Relslar uzra yotgan odam"
Ravshan Abdullaoʻgʻli


@salimov_blogi
  • 🔥 7
  • ❤ 2
More from @limebook
  1. Oct 14, 2026Hammasi jollimi Reaksiya qoldiring😁
  2. Jan 20, 2026Va so’nggida qadaringizga taslim bo’lib ikki kaftizngizga qarab rahmat deysiz
  3. Sep 13, 2025Qo’pol qilib aytganda burnimiz oqib yurganiniyam ko’rgan odamlarga o’zimizdan kimdir nimad…
  4. Sep 5, 2025Sizdan olingan narsalar o’rni ming marotaba to’ladi va siz shukur qilasiz va tunlariyu kun…
  5. Sep 5, 2025Ikkinchi va uchinchi imkoniyatlarizam bor buni esdan chiqarmang
  6. Sep 5, 2025U bor bo’lsa ham yo’q bo’lsa ham o’lib qolmayapsiz siqilib o’tirmang
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →