📺 Ko‘plab filmlar erkak uchun eng yomon narsa — katta va mas’uliyatli bo‘lish, degan g‘oyani singdiradi. Romantik hikoyalarda “normal” ishi bor yigit zerikarli tarzda ko‘rsatiladi, qiz esa odatda tartibsiz, hissiyotlarga berilgan, tayinli ishi yo‘q bolanini tanlaydi.
Hatto hayotda ko‘p narsaga erishgan, muvaffaqiyatli odam obrazini yomon qilib ko‘rsatishadi (Titanic, The Wedding Singer, Ocean’s 11 kabi filmlarda). Sarguzasht filmlarda ham qahramonga qarshi chiqadigan odam oddiygina o‘z ishini qilayotgan bo‘ladi, ammo film uni “yomon” qilib ko‘rsatadi.
💪 Aslida esa hayot boshqacha: har kuni ishga borish, oilaga va atrofdagilarga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish juda og‘ir. Zerikarli katta odam bo‘lish aslida qahramonlik.
@teacherazam