TGViewer
Aleph Nought Aleph Nought @leph0 · 995 subscribers
Post #488 1.27K

Forwarded from Digital.uz

🎮 Toshkentda GameFest 2026 — mintaqadagi eng yirik o‘yin va animatsiya festivali bo'lib o'tadi!

👾 15–16-may kunlari bo'lib o'tadigan o‘yin industriyasi va animatsiya yo‘nalishidagi eng yirik xalqaro festival 40 dan ortiq davlatlardan 10 mingdan ziyod o‘yin ishlab chiquvchilar, investorlar, nashriyotlar hamda soha mutaxassislarini bir maydonda jamlaydi.

⬇️Ikki kunlik festival doirasida quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:
➡ Game Forum — xalqaro ekspertlar ishtirokida o‘yin industriyasidagi trendlar va imkoniyatlar muhokamasi;
➡ Animation Forum — animatsiya va raqamli kontent bo‘yicha master-klasslar;
➡ International Game Jam — 48 soatlik xakaton va yangi o‘yin prototiplarini yaratish;
➡ ScaleUp & Fund: Pitch Session — startaplar uchun investitsiya taqdimotlari;
➡ B2B Growth Exchange — ishlab chiquvchilar, investorlar va nashriyotlar o‘rtasida biznes uchrashuvlar;
➡ Games & Animations Expo — mahalliy va xalqaro loyihalar ko‘rgazmasi;
➡ Cosplay Show — eng yaxshi obrazlar tanlovi;
➡ Music Fest — mashhur DJ va ijrochilar ishtirokidagi shou dastur.

Festival o‘yin industriyasi, animatsiya va kreativ iqtisodiyot sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh iste’dodlarni aniqlash uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.

📍 Manzil: “Renessans Hall” majmuasi
📎 Ro‘yxatdan o‘tish: https://gamefest.uz/

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @leph0
  1. Sep 22, 2026Kuchli bolalarga quvonch va mehr ulashamiz Uzcosmos agentligi va “Sen Kuchlisan” xayriya j…
  2. Sep 13, 2026Proximate...
  3. Sep 6, 2026Hello everyone! I’m building a level chunk builder with WebGPU using real-world geospatial…
  4. Jun 25, 2026🌍 Ohangaron suv omborida o‘tkazilgan media-tur davomida jurnalistlar va blogerlar suv omb…
  5. May 27, 2026Qurbon hayiti barchamizga muborak bo’lsin! @nuruddinblogs
  6. Apr 21, 2026🚀 Bizda yangi ish o‘rni ochildi! Jamoamizga yangi iste’dodlarni qidirmoqdamiz. Agar sizni…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →