TGViewer
Channel Public Channel
Laziz Hamidov

Laziz Hamidov

@lazizhamidov

Men Laziz Hamidov ta’lim bo‘yicha jurnalistman, shuningdek, “Tasnif” agentligi rahbariman. Bu yerda shaxsiy qarashlarim, mulohazalarim va atrofdagi yangiliklarga bo‘lgan munosabatim haqida yozib boraman.

Taklif va mulohazalar uchun: @hamidovaloqa_bot
Subscribers
9.6K
Photos
2.3K
Videos
518
Links
1.4K
Recent Posts 16 shown
Post #3963 719
Toshkentning Lutfiy ko‘chasida velosiped, elektrosamokat, skuter va boshqa vositalar uchun mashina yo‘li hisobidan alohida yo‘lak tashkil qilinibdi. Keyinroq boshqa joylarda ham shunaqa qilishmoqchi ekan.

Ayniqsa, piyodalar uchun yaxshi yangilik.
  • 👍 38
Post #3962 1.72K
Uzoqdan ko'rib, qanaqa logotip ekan debman)
  • 😁 45
  • 👍 2
Post #3961 2.02K
Biznesda katta muammolardan ko‘ra, har kuni takrorlanadigan mayda ishlar ko‘proq vaqt oladi, nazarimda.

Oddiy chek masalasini olaylik. Xodim kompaniya uchun biror xarajat qildimi, endi chekni yo‘qotmaslik, buxgalterga yetkazish, keyin hisobotga kiritish kerak. Oy davomida yig‘iladigan cheklar sonini hisoblasangiz, bu ham alohida yumushga aylanadi.

Didoxning yangi korporativ kartasida aynan shu boshog‘riqqa chek qo‘yishibdi. Kartadan to‘lov qilsangiz bas, chek tizimga o‘zi tushadi, hisobot ham avtomatik shakllanadi.

Umuman, Didox asoschisi Asqar Ismailov anchadan beri tadbirkorlarning ishini yengillashtiradigan yechimlar ustida ishlab keladi. Didox’da hujjat almashish elektronlashtirgani, iHamkor’da esa hamkorlik qilmoqchi bo‘lgan kompaniyangizning moliyaviy holatini bir joydan ko‘rish mumkinligi bunga misol.

Biz ham Tasnif Group’da yangi kartani amalda sinab, taassurotlarimiz bilan boʻlishamiz.

@lazizhamidov
  • 👍 13
  • 😁 3
  • 💯 2
  • 👎 1
Post #3957 2.15K
Toshkentning yaqin yillardagi eng aktual muammosi.
  • 💯 33
  • 😁 28
Post #3956 2.12K
Laziz Hamidov O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yosh – rostdanmi? “Lolazor” podkastining oxirgi sonida Pensiya jamg‘armasi direktori tizimdagi o‘zgarishlarga sabablardan biri sifatida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi oshganini keltirgan ekan…
Lekin men o‘ylayman, bu yerda muammo, aslida sal chuqurroq. Odamlar statistikaga emas, uni aytayotgan odamga ishonmayotgandek, nazarimda.

Jamiyat va davlat idoralari o‘rtasida institutsional ishonch inqirozi yuzaga kelgan. Aksar davlat idoralari shu darajada ko‘p yolg‘on to‘qidi, odamlar tanasida his qilmayotgan o‘zgarishlar haqida gapirdiki, endi odamlar ularning rost gapiga ham ishonmay qo‘ydi. Ezgu niyatdagi qarorlar, amallardan ham qandaydir qing‘irlik qidiramiz. Nimasidir bor, deymiz. Bu yerda ayb odamlarda emas, davlat idoralarining o‘zi imijini shu darajaga tushirgan. Bu haqda “Lolazor”da ham ko‘p gapirganmiz.

Ba’zi idoralar o‘zini ideal ko‘rsatishdan sal chekinib, kamchiliklari, xatolarini ochiq va samimiy tan olishni, xalq bilan ochiq muloqot qilishni boshlasa vaziyat yaxshilansa kerak.

@lazizhamidov
  • 💯 16
  • 👍 2
Post #3955 2.06K
O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 75,4 yosh – rostdanmi?

“Lolazor” podkastining oxirgi sonida Pensiya jamg‘armasi direktori tizimdagi o‘zgarishlarga sabablardan biri sifatida aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi oshganini keltirgan ekan (men qatnasholmagandim). Men pensiya islohoti haqida emas, aynan mana shu statistika haqida bir-ikki og‘iz yozdim.

Bu gaplardan keyin odamlarda statistikaga nisbatan ishonchsizlik sezilgandek bo‘ldi menda. Izohlarda odamlar 70 dan oshgan tanishi yo‘q ekani, mahalla janoza guruhida faqat o‘rta yoshlilar uchun e’lon berilayotganini yozganiga ko‘zim tushdi. Shundan keyin qiziqib ko‘rdim bu raqamlarga.

Mazkur ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha:

– 1991-yilda – 66,4 yosh;
– 1995-yilda – 69,1 yosh;
– 2000-yilda – 70,8 yosh;
– 2005-yilda – 71,8 yosh;
– 2010-yilda – 73 yosh;
– 2015-yilda – 73,6 yosh;
– 2020-yilda – 73,4 yosh;
– 2024-yilda – 75,1 yosh;
– 2025-yilda – 75,4 yosh.

Demak, mustaqillik yillarida o‘rtacha umr davomiyligi qariyb 9 yoshga o‘sgan.

Bu o‘zi qanday hisoblanadi?

Statistikada bu ko‘rsatkich “Tug‘ilishda kutilayotgan o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi” deb ataladi. Bu degani, agar mamlakatdagi hozirgi o‘lim darajasi va xavflari kelajakda ham xuddi shunday saqlanib qolsa, bu yil tug‘ilgan chaqaloqlar o‘rtacha 75 yil-u 4 oy yashashi kutiladi. Bu hamma aniq 75 yoshgacha yashaydi degani emas. Kimdir 30 yoshda barvaqt vafot etishi, boshqa birov esa 95 yoshgacha yashashi mumkin, bunda ularning o‘rtacha arifmetik hisobi olinadi.

Nega “hamma yosh o‘layotgandek” tuyuladi?

Menimcha, hammasi oddiy: agar yosh yigit, ayniqsa, o‘zimiz tengilar vafot etsa, bu bizga jiddiy ta’sir qiladi, buni miyada saqlab qolamiz. Agar 70-80 yoshli inson vafot etsa oddiy holdek qabul qilib, unga alohida e’tibor bermaymiz.

Eng asosiysi esa, ko‘zimiz atrofimizdagi nari borsa 100-200 kishini ko‘radi. Qayerdadir ketma-ket yoshlarning vafotiga guvoh bo‘lsak, hamma joyda shunday, degan xulosaga kelishimiz oson bo‘lishi tabiiy. Lekin statistikaning qamrovi katta, u 39 million kishini qamrab oladi. O‘zbekiston bizning mahallamizdan iborat emas.

O‘rtacha umr davomiyligi ilk mustaqillik yillariga qaraganda o‘sgan bo‘lishi ham tabiiy. Chunki odamlar u paytdagidan farovonroq yashayapti, ko‘pchilikning turmush darajasi oshgan, tibbiyot rivojlandi, sanitariya-gigiyena holati yaxshilandi, toza suv yetib borgan hududlar anchagina ko‘paygan, oziq-ovqatlar xavfsizlashgan, ocharchilik xavfi yo‘q, chaqaloqlar o‘limi keskin kamaygan (bu ko‘rsatkichga jiddiy ta’sir qiladi), umuman olganda, hammasi tabiiy ravishda bo‘ldi, demoqchiman.

@lazizhamidov
  • 👍 14
  • 👎 7
Post #3953 2.11K
Oldindagi sariq bino madaniy merosga kiritilgan bo’lsa kerak a, orqadagi haybatli binolar uni yutib yubormas?)

@lazizhamidov
  • 😁 33
Post #3951 2.5K
2027-yil martdan boshlab Toshkent – Nukus tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilarkan. Bunda safar vaqti 16 soatdan 7 soatga qisqaradi.

@lazizhamidov
  • 👍 59
  • 💯 9
  • 😁 2
Post #3950 2.88K
Bitiruvchi qizlar tezroq ish topadi, yigitlar esa maoshi balandroq ishga joylashadi

Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari sifat indeksiga ko‘ra, mehnat bozorida qizlarning bandlik darajasi 85,1 foizni, yigitlarniki esa 80,4 foizni tashkil etgan.

Qizlar diplom olgach o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashmoqda. Ammo daromad borasida yigitlar sezilarli oldinda — o‘rtacha 6 mln so‘m, qizlarning o‘rtacha maoshi esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

@lazizhamidov
  • 👎 22
  • 👍 12
  • 😁 7
  • 💯 2
Post #3946 3.07K
1995-yilda O‘zbekistonda valyuta ayriboshlash shunday bo‘lgan ekan (#)

@lazizhamidov
  • 😁 13
  • 👍 12
Post #3944 2.51K
Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘llarda “basketbol o‘ynashga” taklif qilyapti – bu xavfli

Qishloq xo‘jaligi vazirligi “Toza dala” chellenjini boshlabdi. Vazirlik dala atrofidagi yo‘llar bo‘yiga “basketbol” uslubidagi chiqindi qutilari o‘rnatish tashabbusi bilan chiqibdi, xo‘jaliklar bu tashabbusga allaqachon qo‘shilishni boshlagan (balki topshiriqdir, kim bilsin).

Men, masalan, birorta davlat yoki shaharda mashina yo‘li bo‘yida bunday narsa o‘rnatilganini ko‘rmaganman. Katta yo‘l yoqasida haydovchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan har qanday nostandart obyekt o‘rnatilishi xavfsizlik talablariga zid keladi.

Bu narsalarning yo‘l bo‘yiga, ayniqsa to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarga o‘rnatilishi (rasmdagidek, masalan) shundoq ham xavfli yo‘llarimizda xavfni oshiradi.

Ushbu tashabbus, katta ehtimol bilan, ishlamaydi, shunchaki ularning atrofi chiqindiga to‘lib, yo‘l bo‘yida bir nechta “mini chiqindixona” paydo bo‘ladi. Bu narsa faqatgina piyodalar uchun mo‘ljallangan joylarda ishlashi mumkin, xolos.

@lazizhamidov
  • 😁 25
  • 💯 17
  • 👍 11
Older posts →

About this channel

How can I read @lazizhamidov without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Laziz Hamidov: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Laziz Hamidov have?
Laziz Hamidov (@lazizhamidov) has 9.6K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Laziz Hamidov know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →