Yangi sanksiyalar: Rossiyaning raketa ishlab chiqarishi qiyinlashishi mumkin
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qurol-yarog‘ sanoatiga qarshi rekord ko‘lamdagi sanksiyalar joriy etdi. Asosiy nishon – raketa va dronlar ishlab chiqarish uchun zarur mikrochip, uskuna va boshqa qismlarni yetkazib beruvchi korxonalar. Bryussel Rossiyaning harbiy salohiyatini cheklash bilan birga, sanksiyaga tushgan kompaniyalar bilan savdo aloqalariga ega AQShga ham bilvosita bosim o‘tkazishni ko‘zlayotgani aytilmoqda.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Post #100680
6.43K

- ❤ 7
- 🔥 2
- 😁 2
- 🤯 1