Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar bilan ochiq muloqotda atom energetikasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
«Ertaga biz yana yangi hamkorlarimiz bilan ikkinchi atom elektrostansiyasini qurishga investorlar bilan gaplashamiz. Shuning uchun atom elektr stansiyasiga juda katta e’tibor beryapmiz, bizda uran ishlab chiqarish ko‘payyapti. Uran ishlab chiqarishga biz juda katta sarmoya, imkoniyat, tajriba orttirdik, desak to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun birinchi atom elektrostansiyani boshladik, ikkinchi va uchinchisiga ham rejalarimiz ham bor», – dedi prezident.
👉 https://kun.uz/uz/50620326
Kun.uz rasmiy kanali