Istanbulda kuchli yomg‘irlar: qurbonlar bor, yuzlab kishilar evakuatsiya qilingan
So‘nggi 84 yil ichidagi eng kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari aviaqatnovlarga ham ta’sir qilmoqda. Rasmiylar noqulay ob-havo sharoiti tufayli ayrim hududlardagi maktablarni vaqtincha yopgan. Nogironligi bo‘lgan davlat xizmatchilari, homilador ayollar, sakkiz yoshga to‘lmagan farzandi bor bo‘lgan ayollar va faxriylarga ma’muriy ta’til berilgan.
👉 https://kun.uz/uz/87991487
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100652
8.46K

- ❤ 8
- 👍 4
- 😭 4