Issiqxona xo‘jaliklariga soliq imtiyozlari va subsidiyalar berildi
Prezident qarori bilan, issiqxona xo‘jaliklari QQS va foyda solig‘idan ozod etildi. Asosiy daromadi issiqxonachilikdan bo‘lgan korxonalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizga tushirildi, yer va mulk soliqlari esa 50 foizga kamaytirildi.
Oktabrdan martgacha “yashil” issiqxonalarning elektr xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi.
Toshkent viloyatida tomorqasida issiqxonaga ega aholiga subsidiya ajratiladi.
👉 https://kun.uz/uz/25650522
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100591
10.5K

- ❤ 8
- 😁 6
- 🤔 2