Ta’lim sohasi mutaxassisi Jamshid Qayumov «Nima dard?» podkastida bolaning yaxshi bilim olishida maktabdan ko‘ra ota-onaning roli muhim ekanini aytadi.
Bolaning muammosini uning o‘rniga hal qilib berish – yordam emas. Bola o‘qituvchi bilan kelisholmasa – ota-ona aralashadi. Dars qiyin bo‘lsa – repetitor almashtiriladi. Maktab yoqmasa – boshqa maktab qidiriladi. Natijada muammoning o‘zi bolaga yetib kelmaydi va u uni hal qilish tajribasini orttirmaydi.
"O‘quvchi mavzu qiyinlashishi bilan o‘qituvchini almashtirish holatlari ko‘paygan. Murakkabroq mavzularga yetganidan keyin bola boshqa joyga o‘tishni istab qoladi va u yerda dasturni yana boshidan boshlaydi. Bu esa bir yillik vaqt, pul va mehnatning yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin", deydi Qayumov.
📱 TO‘LIQ SUHBATNI KO‘RISH