Sayyohlarga ham tegishli: Tailandda mamlakatdan chiqish solig‘i joriy etilishi mumkin
Tailandda mamlakat hududidan samolyotda chiqib ketuvchi fuqarolar, shu jumladan xorijliklar uchun ham soliq joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Mahalliy matbuotga ko‘ra, yangi soliq aviachipta xarid qilinayotgan paytda aviakompaniyalar tomonidan yoki chipta sotuvchi agent tomonidan undirilishi mumkin.
Qonun loyihasi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.
👉 https://kun.uz/uz/42368886
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100435
8.52K

- 😁 29
- ❤ 8
- 😐 3