“Biz doim aloqadamiz, har qanday masalani birgalikda hal qilamiz” – Xayrullo Bozorov
Parij va Rim shartnomalari Yevropa integratsiyasining huquqiy poydevorini yaratgan bo‘lsa, Markaziy Osiyoda Xo‘jand deklaratsiyasi uch davlat o‘rtasidagi yangi munosabatlar bosqichini belgilamoqda. Xo‘jandda o‘tgan ikkinchi Farg‘ona tinchlik forumida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonning yuqori darajadagi vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda o‘ndan ortiq davlat delegatsiyalari qatnashdi. Kun.uz muxbiri 28-29 sentyabr kunlari forumni Xo‘janddan yoritdi. Unda hududlararo hamkorlik, o‘zaro ishonch, suv va energetika masalalari hamda Xo‘jand deklaratsiyasining amaliy ahamiyati muhokama qilindi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Post #100289
4.53K

- ❤ 7
- 👍 3
- 🤯 1