2027 yildan pensiya uchun fuqarolardan qog‘oz hujjatlarni qabul qilish to‘xtatiladi
2026 yil 1 noyabrdan ishlar hajmining qisqarishi yoki korxonaning tugatilishi sababli ishsiz deb topilgan shaxslarga umumiy belgilangan yoshdan ikki yil avval yoshga doir pensiya tayinlanadi. Keyingi yil 1 yanvardan boshlab esa boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash ham proaktiv shaklda amalga oshiriladi. Shuningdek, pensiya yoshiga bir yil qolgan fuqarolarni oldindan xabardor qilish tizimi yaratiladi.
👉 https://kun.uz/uz/29127461
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100261
11K

- 👍 16
- ❤ 10