BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oliy minbardan nutq so‘zladi.
Uning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.
"Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor", dedi Saida Mirziyoyeva.
Kun.uz rasmiy kanali