Avtomobillar soni ko‘paygani sayin yo‘ldagi xavf ham ortmoqda. Ayniqsa, maktablar atrofida tezlikni oshirish, piyodalarni qo‘rqitish, keskin manyovrlar va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik holatlari jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.
Nega ayrim haydovchilar 30 km/soatlik cheklovga amal qilishni “ortiqcha” deb biladi? Tirbandlik va charchoq agressiv haydashni kuchaytiradimi? Qonunbuzarlik uchun jazo yetarlimi yoki yo‘l madaniyatini o‘zgartirish uchun boshqa mexanizmlar ham kerakmi?
Kun.uz studiyasida “avtoterror”ning sabablari, oqibatlari va uning oldini olish choralari muhokama qilindi.
📹TO‘LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING