Navoiyda bolalarni muntazam kaltaklab kelgan xususiy bog‘cha tarbiyachisi qamaldi
Tarbiyachi Navoiy shahridagi Amin kids xususiy bog‘chasida ishlagan. U bolalarga tarbiya berish va tartibga solish usuli sifatida ularni kaltaklab, zo‘rlik ishlatgan holda qiynab kelgan.
Qilmishi fosh bo‘lgan tarbiyachi 10 aprelda ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangandi. Tarbiyachi sudda turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sababli doim asabiy holatda yurganini aytib, pushaymonlik bildirgan.
Sud ayolni qiynash jinoyatida aybli deb topdi. Unga 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
👉 https://kun.uz/uz/69152615
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100116
12.9K