Surxondaryoda muqaddam pora olganlikda ayblanib, oqlangan YPX xodimi yana pora olib, 5 yilga qamaldi
Muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotgan xodim fermerning paxta ortilgan yuk mashinalarini rahbariyat topshirig‘i, deya o‘tkazmasdan to‘xtatib qo‘ygan. So‘ngra har bir mashina uchun 100 ming so‘mdan pul talab qilgan.
Xodim porani savdolashib olgan: avvaliga har bir mashina uchun 200 ming so‘m so‘ragan, fermer sharoiti og‘irligini aytgan. So‘ngra 150 ming so‘mga tushgan, fermer bunga ham ko‘nmagach 100 ming so‘mga to‘xtagan. U 41 ta yuk mashinasini YPX maskanidan o‘tkazib yuborish uchun 4 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Ushbu YPX xodimi 2014-yil pora olganlikda ayblanib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2022-yilda mazkur ayblov bo‘yicha oqlanib, ishga tiklangan bo‘lgan.
👉 https://kun.uz/uz/51736832
Kun.uz rasmiy kanali
Post #100084
7.09K

- 😁 57
- ❤ 9
- 👍 7
- 🤯 6
- 🤔 2