Irrigatsiya muhandisligi fakultetida “Milliy qadriyatlar va ularning millat maʼnaviyatidagi oʻrni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.
Tadbirda rektor maslahatchisi Gavhar Eshonqulova, universitetimizdagi “Inklyuziv hap – “Birgalikda oʻrganamiz” oʻquv kursi rahbari Mahliyo Yoʻldosheva, professor-o‘qituvchilar va talaba qizlar ishtirok etdilar.
Muloqot davomida oʻzbek xalqining ajdodlardan avlodlarga oʻtib kelayotgan kashtachilik, kulolchilik, zargarlik, gilamdoʻzlik kabi milliy hunarmandchilik anʼanalarini davom ettirishda yoshlarning ham faolligi muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.
Darhaqiqat, “Inklyuziv hap – “Birgalikda oʻrganamiz” oʻquv kursi hunar oʻrganishga intilgan yoshlar uchun imkoniyat maskani boʻlmoqda. Bu yerda qizlar toʻquvchilik, kashtadoʻzlik kabi hunarlarni qunt bilan oʻrganmoqdalar.
Xalqimizda “Hunar – zar” deya bejiz aytilmagan. Hunarli yoshlar mehnatsevar va izlanuvchan boʻladi, daromadi ortadi, eng muhim, vaqti mazmunli oʻtadi.
Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 YouTube
QarDTU axborot xizmati ✍️






