TGViewer
Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi davlat texnika universiteti @kstu_uz · 7.39K subscribers
Post #14216 1.67K
#Ogohlik
 
UNIVERSITET PROFESSOR-OʻQITUVCHILARI, XODIMLARI VA TALABALARI DIQQATIGA!
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-apreldagi PQ-161-son qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ning 24.3-bandida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholini, jumladan, turli tashkilotlar mutaxassislarini xizmat va ishdan ajralmagan holda, masofaviy shaklda oʻqitishni tashkil etish belgilangan.

 
🌐 Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan “Ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida band boʻlgan aholini favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanishga tayyorlash” nomli 36 soatlik oʻquv kursi ishlab chiqilib, maxsus elektron platforma ishga tushirildi.
 
✳️ Kurs favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlarning oldini olish boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
 
‼️ Ushbu o‘quv kursida masofaviy shaklda, ish va oʻqish jarayonidan ajralmagan holda ishtirok etish mumkin.
 
📌 Kurs platformasi: 👉 https://fmi-platforma.uz/
 
✅ Universitetning professor-oʻqituvchilari, barcha xodimlari va talabalarini mazkur platforma bilan tanishishga hamda oʻquv kursida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

⚡️ Unutmang: favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishni bilish — hayot va salomatlikni asrashning muhim shartidir!

Bizni birga kuzatib boring: 👇
🌐 Website | 📱 Facebook | 📱 Instagram   | 📱  YouTube

QarDTU axborot xizmati ✍️
  • 👍 1
More from @kstu_uz
  1. Oct 16, 2026Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin! Isteʼdodli inson b…
  2. Oct 15, 2026#2026_OAVda_biz Viloyat televideniyesi orqali namoyish etilgan “Muloqot” koʻrsatuvida univ…
  3. Oct 15, 2026#Bellashuv Talabalarimiz – “Eko-debat” loyihasining viloyat bosqichi gʻolibi Irrigatsiya m…
  4. Oct 15, 2026#Talaba_va_amaliyot Bugun Energetika muhandisligi fakulteti “Energetika muhandisligi” kafe…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →